14-18 yoshlilar uchun Xalqaro insholar tanlovi

0
1 200 marta o'qildi

Qayerda: RewardedEssays.com saytida

Kim uchun: 14-18-yoshli o‘quvchilar uchun

Insholarni topshirish muddati: 2017-yilning 20-oktabrigacha

RewardedEssays.com sayti 14-18 yosh orasidagi maktab (kollej/litsey) o‘quvchilar uchun Xalqaro insholar tanlovini e’lon qildi. Ushbu tanlovda dunyoning istalgan burchagidagi belgilangan yoshda bo‘lgan o‘quvchilar qatnashishi mumkin.

Mukofotlar:

Xalqaro insholar tanlovining g‘oliblari quyidagicha taqdirlanadilar:

1-o‘rin – 500 AQSh dollari;
2-o‘rin – 350 AQSh dollari;
3-o‘rin – 150 AQSh dollari.

Insho mavzulari:

Tanlovda qatnashmoqchi bo‘lganlar quyidagi mavzulardan biri yuzasidan insho yozishlari kerak bo‘ladi:

  • What life skills can students master while in college? Which three are the most important and why?
  • What do you see as the most pressing social issue we face? Why is it the most pressing?
  • Who inspires you? Why?
  • Provide three life goals you believe will be more achievable by obtaining your college degree.

Tanlov detallari:

  1. Muddat: Insholar 2017-yilning 20-oktabrigacha qabul qilinadi.
  2. Baholovchilar: Baholovchi komissiya muharrirlar va yozuvchilardan iborat.
  3. Til: Insholar ingliz tilida yozilgan bo‘lishi kerak.
  4. So‘zlar soni: 700-900.
  5. Fayl (insho) formati: Insholar .doc, .rtf, .docx, yoki .odt formatidagi fayl shaklida topshirilishi kerak.
  6. Inshoni yuborish usuli: Fayl shakliga keltirilgan inshoni support @rewardedessays.com email adresiga yuboring. Siz ilan bog‘lanish uchun kerak bo‘ladigan ma’lumotlar (ism, familiya, elektron pochtangiz manziliva telefon raqami) ni yozishni unutmang.

Baholashga ta’sir etuvchi me’zonlar:

Baholashda quyidagi mezonlar hisobga olinadi:

  • Plagiarizm. Plagiarizm (boshqa shaxs fikrlari, gaplarini o‘ziniki qilib yozish) aniqlangan ishlar avtomatik tarzda tanlovdan chiqarib yuboriladi. Ishlar albatta plagiatga qarshi tekshiruvdan o‘tkaziladi. Shu sababli, boshqa shaxs fikrini keltirayotganingizda fikr kimga tegishli ekanligini ham keltirib o‘tishni unutmang.
  • Kreativlik. Insho mavzularini yoritishda kreativlik bilan yondashganlik sudyalar tomonidan hisobga olinadi.
  • Mavzuni tushunganlik darajasi. Insho yozilishidan oldin mavzu nima haqida ekanligiga e’tibor qarating va uning mohiyatini tushunib oling. Insho aynan shu mavzuni qamrab olgan bo‘lishi va fikrlar mavzu doirasidan chiqib ketmasligi hamda mavzu mohiyati mantiqiy izchillikda yoritilishi lozim.
  • Foydaliniladigan suratlar. Agarda inshoda suratlardan foydalanmoqchi bo‘lsangiz, ushbu suratlardan foydalanish huquqiga ega bo‘lishingiz kerak. Boshqa shaxsga tegishli yoki boshqa shaxs muallifliga qarashli suratlarni ularning ruxsati bilan foydalaning.
  • Grammatik va texnik xatolar. Grammatik va texnik xatolarga yo‘l qo‘ymang. Yozilgan insho grammatik va texnik xatolardan xoli bo‘lishi uchun uni bir necha marta ko‘rib chiqish hamda xatolarni bartaraf tavsiya etiladi.

Qiziquvchilar tanlov uchun insho yozishda nimalarga e’tibor erish kerakligi haqidagi maqola bilan tanishishlari mumkin.

Batafsil SHU YERDA tanishing.

Grantlar telegram kanaliga qo‘shiling va grantlar hamda ta’limga oid yangiliklardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!