2018-yil uchun Eynshteyn Stipendiyasi dasturi

0
334 marta o'qildi
Eslatma: Ushbu dasturga topshirish muhlati o'tgan. Undan faqat ma'lumot olish maqsadida foydalanishingiz mumkin.

Qayerda: Germaniya

Ariza topshirish muhlati: 15-aprel 2017-yil

Kim uchun: Barcha uchun

Grant miqdori: Bu stipendiya dasturi tadqiqotchilarni Albert Eynshteynning Kaput (Brendenburg)dagi yozgi uyidagi bog‘ hovlisida 5-6 oyga turar joy bilan taminlaydi. Bu bog‘ hovli Berlin va Potsdamdagi akademik institutlarga yaqin joylashgan. Tadqiqotchilar 10,000 Yevro stipendiya va safar xarajatlari bilan taminlanadi.

Umumiy ma’lumot:

Eynshteyn Forumi, Daimler va Benz fondi iqtidorli yosh tadqiqotchilarni tugallagan sohasidan boshqa yo‘nalishdagi taqdiqot olib borishlari uchun stipendiyalar taklif qiladi. Bu dasturning maqsadi o‘z sohasida muvofaqqiyatli faoliyat olib borayotganlar bilan bir qatorda boshqa, Eynshteyn tomonidan belgilangan turli sohalarga qiziquvchilar uchun ham ochiq. Dastur yakunida, tadqiqotchi o‘z loyihasini Eynshteyn Forumi, Daimler va Benz fondida prezentatsiya qilishi kerak bo‘ladi. Bu dastur, ayni vaqtda o‘z ilmiy karyerasini boshlagan nomzodlar uchun emas.

Kim uchun:

Muvafaqqiyatli nomzod sifatli, original, texnik-iqtisodiy imkoniyati bor tadqiqot loyihalarini va o‘zining ilg‘or dunyoqarash sohibi ekanini ko‘rsata olishi kerak. Hujjat topshiruvchi hali o‘z ish faoliyatini boshlamagan, yoki hozir ishlayotgan, yoki PhD darajasini olgan bo‘lishi mumkin.

  • Hujjat topshiruvchi 35 yosh yoki undan kichik, gumanitar, ijtimoiy fanlar yoki tabiiy fanlar yo‘nalishida universitetni tamomlagan bo‘lishi kerak.
  • Hujjat topshiruvchi hali o‘z ish faoliyatini boshlamagan, yoki hozir ishlayotgan, yoki PhD darajasini olgan bo‘lishi kerak.
  • Germaniyalik va xalqaro nomzodlar hujjat topshira oladilar.
  • Bu stipendiya dasturi dissertatsiya ishlari uchun emas. Nomzod o‘zi tugallagan sohadan butunlay boshqa sohadagi tadqiqot loyiha taklifini ko‘rsatishi kerak.

Hujjat topshirish tartibi: Hujjatlar pochta yoki elektron pochta orqali taqdim etilishi lozim. 2018-yilgi dastur uchun bitta CV, ikki sahifada tadqiqot lohiya taklifi (research proposal), ikkita tavsiyanoma qabul qilinadi.

Hujjatlarni pochta orqali ushbu manzilga yuborish kerak:

Prof. Dr. Susan Neiman, Einstein Forum, Am Neuyen Markt 7, 14467 Potsdam, Germany

Yoki ushbu elektron manzilga jo‘natish kerak: fellowship@einsteinforum.de

Telefon: +49-331-271780

Fax: +49-331-2717827

E-mail: fellowship@einsteinforum.de

Ma’lumotnoma ko‘rinishidagi Flayerni yuklab oling: ShU YERDA

To‘liq ma’lumot uchun manba: ShU YERDA

Grantlar telegram kanaliga qo`shiling va grantlar hamda ta’limga oid yangiliklardan birinchi bo`lib xabardor bo`ling!