Magistratura uchun Yaponiyaning MEXT stipendiyasi haqida bilasizmi?

0
2 117 marta o'qildi

Yaponiya bakalavr va magistratura bosqchida xorijiy talabalarga ajratiladigan grantlarining qulayligi va ta’minoti jihatidan dunyoda eng yuqori o’rinlarni egallaydi. Bugun Yaponiyaning Ta’lim, madaniyat, sport, fan va texnologiyalar vazirligi (MEXT) tomonidan xorijiy talabalar uchun magistratura/doktorantura bosqichidagi grant – “Tadqiqotchi talaba” granti haqida batafsil ma’lumot beramiz.

Kimlar qatnashishi mumkin: 1983-yil 2-apreldan keyin tug’ilgan, maktab, kollej (litsey) va universitetda jami 16 yil ta’lim olgan (doktorantura uchun 18 yil), kamida 22 yoshga to’lgan, Yaponiya bilan diplomatik aloqalar o’rnatilgan davlat fuqarolari qatnashishi mumkin.

Tillar: Magistratura/doktoranturada ingliz yoki yapon tilida o’qish mumkin. O’qiladigan tilni kandidatning o’zi tanlaydi.

Hujjat topshirish muddati: Hujjat topshirish, odatda, har yili 20-aprelda boshlanib, 19-mayda tugaydi.

Tadqiqotchi talabaning moddiy ta’minoti:

  1. Ushbu stipendiyani qo’lga kiritgan talabaning dastur boshlanganida Yaponiyaga borishi va tugaganida vataniga qaytishi uchun ketadigan xarajat Yaponiya hukumati tomonidan qoplanadi.
  2. Imtihon topshirish, universitetdan ro’yxatdan o’tish va kontrakt to’lovi (tution fee) to’laligicha Yaponiya hukumati tomonidan to’lab beriladi.
  3. Magistraturaga qabul qilingan tadqiqotchi talaba har oy 144000 yen (bugungi kun kursida 1304 AQSh dollari) miqdorida, doktoranturaga kirgan talaba esa har oyda 145000 yen (1313 AQSh dollari) miqdorida stipendiya bilan ta’minlanadi. Olib borilayotgan tadqiqot sohasi va joyiga qarab oylik stipendiyaga yana 2000-3000 yen qo’shib berilishi mumkin.

Dastur uch bosqichda amalga oshiriladi:

  1. Hujjatlarni topshirish.
  2. Yozma imtihon topshirish. Ingliz tilida o’qimoqchi bo’lganlar ingliz, yapon tilida o’qimoqchi bo’lganlar yapon tilida topshiradi.
  3. Yuzma-yuz suhbat. Suhbat kandidat topshirgan tilda (ingliz yoki yapon tilida) olib boriladi.

Qoidaga ko’ra, avvalgi bosqichdan o’tmagan kandidat keying bosqichdagi tanlovda ishtirok eta olmaydi.

Topshiriladigan hujjatlar ro’yxati:

  1. So‘rovnoma-ariza (Application form).
  2. Institutlarni tanlash (Placement Preference Form).
  3. O‘rganish sohasi va tadqiqot rejasi.
  4. Baholari ko‘rsatilgan diplomga ilova (oxirgi o‘qish joyi bo‘yicha). Bitirmagan talabalar uchun har bir akademik yil uchun sinov qaydnomadan baholar o’rsatilgan ko’chirma.
  5. OO‘Yu bitiriganlik haqida diplom (oxirgi o‘qish joyi bo‘yicha). Hali diplom olmagan nomzodlar OO‘Yu dan uning belgilangan muddatda olishini tasdiqlovchi ma’lumotnoma taqdim etishi zarur.
  6. Nomzod bitirgan OO‘Yu dan tavsiyanoma (rektor, dekan yoki ilmiy rahbaridan).
  7. Tibbiy guvohnoma.
  8. Ilmiy ish konspekti (yozgan bo’lsa).
  9. Hozirgi ish joyidan tavsiyanoma (Faqat ishlovchilar uchun).
  10. San’at asarlarining fotosusurati yoki CD da ovoz-video yozuvi (Faqat musiqa va san’at sohasidagi mutaxassislar uchun).

Eslatma: Hujjatlarning bittadan asl nusxasi va ikkitadan ko’chirma nusxai topshirilishi lozim. Shuningde, hujjatlarning shakli keyingi yili o’zgarishi mumkin. To’ldirilishi lozim bo’lgan hujjatlarni Yaponiyaning O’zbekistondagi elchixonasi rasmiy saytidan (http://www.uz.emb-japan.go.jp) yuklab olish mumkin.

Hujjatlar qayerga topshiriladi: Tayyor holga keltirilgan hujjatlar Yaponiyaning O’zbekiston elchixonasiga topshiriladi.

Stipendiyani yutgan talaba qaysi universitetda o’qiydi: Yaponiyaning qaysi universitetida o’qishni talabaning o’zi tanlaydi. Talaba, qoidaga ko’ra, o’zi o’qishni xohlaydigan  3 ta Yaponiya universiteti ro’yxatini dastur tashkilotchilariga taqdim qiladi. Biroq, talaba universitet bilan mustaqil ravishda bog’lanib, universitetga kirish harakatlarini o’zi amalga oshiradi.

Dasturni yutgan talaba vizani qanday oladi: Dasturda muvaffaqiyatli o’tgan talabaga universitet tomonidan qabul qilinganlik va Yaponiyada o’qish uchun taklif qilinganlik haqidagi taklifnoma yuboriladi. Vizani olish jarayonida Yaponiya elchixonasi bevosita ko’maklashadi. Agarda talaba olilali bo’lsa, eri/xotini va farzandlarini ham o’zi bilan birga olib ketishi mumkin. Oila a’zolari uchun viza olish jarayonida ham bevosita Yaponiya elchixonasi ko’maklashadi.

Yaponiyada o’qish davomida ishlash mumkinmi: Ha, mumkin.

Shuningdek, stipendiyani yutib olgan talaba Yaponiyada ta’lim olishi davrida yapon tilini ham o’rganishi lozim bo’ladi. Yapon tilini o’rgatish darslari bepul.

Hozirda 2018-yilgi dastur uchun saralash jarayoni amalga oshirilmoqda. Ushbu dasturda qatnashib, stipendiyani qo’lga kiritishnni xohlovchilarlar 2019-yilgi dasturga topshirishlari mumkin. 2019-yil uchun hujjat topshirish 2018-yilning 20-aprelidan (taxminan) boshlanadi.

Yaponiyada o’qishga qiziqishingiz bo’lsa yoki Yapnoya tomonidan taklif etiladigan grantlar, dasturlar haqida batafsil ma’lumot olmoqchi bo’lsangiz, bevosita Grantlar.uz ma’muriyatiga murojaat qilishingiz mumkin (telegram: @hamidziyo). Ma’muriyat grantlarni qo’lga kiritib, o’zingiz istagan universitetda ta’lim olishingizga imkon qadar ko’maklashishga tayyor.

Shuningdek, Yaponiya hukumati tomonidan e’lon qilinadigan dastur va grantlar haqida Yaponiyaning O’zbekistondagi elchixonasidan va elchixona saytidan (http://www.uz.emb-japan.go.jp)  ham ma’lumot olish mumkin.

“Tadqiqotchi talaba” dasturi haqida batafsil ma’lumotni SHU YERDAN olishingiz mumkin.

Grantlar telegram kanaliga qo’shiling va grantlar hamda ta’limga oid yangiliklardan birinchi bo’lib, xabardor bo’ling!