2018 – 2020-yillarga mo‘ljallangan ilmiy-texnik loyihalar tanlovi 2018 – 2020-yillarga mo‘ljallangan ilmiy-texnik loyihalar tanlovi
Qayerda: Toshkent Kim uchun: Barcha soha vakillari Loyihalar topshirish muhlati: 1-oktabr 2017-yilgacha O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi vazirlik hamda idoralar tomonidan taqdim etilgan... 2018 – 2020-yillarga mo‘ljallangan ilmiy-texnik loyihalar tanlovi

Qayerda: Toshkent

Kim uchun: Barcha soha vakillari

Loyihalar topshirish muhlati: 1-oktabr 2017-yilgacha

O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi vazirlik hamda idoralar tomonidan taqdim etilgan ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarining talab-ehtiyojlari asosida shakllantirilgan, bugungi kundagi dolzarb muammolarni yechishga qaratilgan, bajarilish muddati 2018 – 2020-yillarga mo‘ljallangan maqsadli amaliy tadqiqotlar, 2018 – 2019-yillarda amalga oshiriladigan innovatsiya ilmiy-texnikaviy loyihalar tanlovini e’lon qiladi.

Unda O‘zbekiston Respublikasining Qonun hujjatlaridan kelib chiqadigan, shuningdek mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning dolzarb masalalari bo‘yicha qo‘shimcha muammolarni shakllantirish va qabul qilish nazarda tutilgan.

Taqdim etiladigan loyihalarning ilmiy rahbarlari ilmiy darajaga ega bo‘lgan olimlar, professor-o‘qituvchilar hamda malakali mutaxassislardan iborat bo‘lishi lozim.

Arizalar joriy yilning 1-oktabrga qadar qabul qilinadi.

Batafsil ma’lumot: SHU YERDA

Nurillo TO‘XTASINOV tayyorladi

Grantlar telegram kanaliga qo‘shiling va grantlar hamda ta’limga oid yangiliklardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Fikr yo`q.

Birinchi bo'lib fikr bildiring.