AQShda Cochran stipendiya dasturi bo‘yicha amaliyot AQShda Cochran stipendiya dasturi bo‘yicha amaliyot
Qayerda: AQSh Kim uchun: Qishloq xo‘jaligi sohasi xodimlari Ariza topshirish muhlati: 21-sentabr 2017-yilgacha Grant turi: Amaliyot AQShning Toshkentdagi elchixonasi va AQSh Qishloq xo‘jaligi vazirligi... AQShda Cochran stipendiya dasturi bo‘yicha amaliyot

Qayerda: AQSh

Kim uchun: Qishloq xo‘jaligi sohasi xodimlari

Ariza topshirish muhlati: 21-sentabr 2017-yilgacha

Grant turi: Amaliyot

AQShning Toshkentdagi elchixonasi va AQSh Qishloq xo‘jaligi vazirligi (USDA), Amerika Qo‘shma Shtatlarida bo‘lib o‘tadigan qisqa muddatli (2 – 3 hafta) davrda Cochran stipendiya dasturi bo‘yicha o‘quv amaliyotiga arizalar qabulini e’lon qiladi. Dastur umumiy va xususiy sektorda agro-biznes, qishloq xo‘jaligi, savdo va marketing rivojlanishi bilan shug‘ullanayotgan oliy qishloq xo‘jaligi mutaxassislari va o‘rta darajadagi menejer hamda administratorlarga mo‘ljallangan. Dastur O‘zbekiston aholisining oziq-ovqat ehtiyojlarini qondirish uchun zarur bo‘lgan qishloq xo‘jaligi tizimini rivojlantirishda yordam berish, shuningdek, boshqa mamlakatlar bilan savdo aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan.

Dastur agrofirma xodimlari, davlat organlari, oliy o‘quv yurtlari va boshqa qishloq xo‘jaligi tashkilotlari uchun ochiq.

Nomzod sifatida:

  • fermerlar;
  • rahbarlar;
  • mutaxassislar;
  • olimlar;
  • professorlar;
  • hokimlar;
  • siyosatchilar ishtirok eta oladilar.

Arizalar joriy yilning 21-sentabr soat 18:00 ga qadar qabul qilinadi.

Dastur tomonidan moliyalashtiriladigan harajatlar:

  • Avibilet;
  • Oziq-ovqat;
  • Turar joy.

Topshirilishi lozim bo‘lgan hujjatlar va hujjat topshirish jarayoni:

Ushbu dasturda qatnashishni xohlovchi nomzodlar quyidagi hujjatlarni AQSh elchixonasiga topshirishi lozim:

  • Ariza (SHU YERDAN yuklab olishingiz mumkin);
  • Ikkita tavsiyanoma (Recommendation letter) – ingliz tilida yozilgan bo‘lishi kerak;
  • 086 forma – o‘zbek yoki rus tilida.

Hujjatlar O‘zbekistondagi AQSh elchixonasiga qog’oz shaklida topshiriladi. Shuningdek, hujjatlar pochta orqali yuborilishi ham mumkin. Elchixona manzili: 3 Moyqorghon Street, 5th Block, Yunusobod District, 100093, Tashkent, the U.S. Embassy in Tashkent.

Sizni qiziqtirgan savollar va qo‘shimcha ma’lumotlarga biryukovaea@state.gov elektron manzili yoki (0371) 140 21 36 telefon raqamalari orqali bilib olishingiz mumkin.

Batafsil SHU YERDA tanishing.

Nurillo TO‘XTASINOV tayyorladi

Grantlar telegram kanaliga qo‘shiling va grantlar hamda ta’limga oid yangiliklardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Fikr yo`q.

Birinchi bo'lib fikr bildiring.