×

AQShda magistratura o’qish uchun Fulbrayt Xorijiy Talaba dasturi!


Grant

MUHLAT

20.05.2016

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

2670 marta

Fulbrayt Xorijiy Talaba dasturi AQShda  ikki yillik magistraturada o’qish imkoniyatini taklif qiladi.

Dastur quyidagi yo’nalishlarda o’qish uchun arizalarni qabul qiladi:

  • Biznes boshqaruvi;
  • Iqtisodiyot;
  • Ta’lim (Maorif);
  • Atrof-muhitni asrashni boshqarish;
  • Xalqaro munosabatlar;
  • Jurnalistika va Kommunikatsiya;
  • Huquqshunoslik;
  • Kutubxonachilik va Axborot fanlari;
  • Davlat boshqaruvi;
  • Ommaviy sog’liqni saqlash;
  • Davlat siyosati.

Grant kimlar uchun?

BAKALAVRNI TUGATGANLAR UCHUN

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Barcha dastur ishtirokchilari 24 oy uchun oylik stipendiya, tibbiy va tasodifiy holatlar uchun sug’urta hamda ta’lim xarajatlari va safar xarajatlari uchun moliyaviy ko’mak oladi.

Talablar:

Kim uchun:

  • O’zbekiston fuqarolari yoki O’zbekistonda doimiy yashovchi shaxslar;
  • Ariza topshirish vaqtida O’zbekistonda istiqomat qilayotganlar;
  • Ariza topshirish vaqtiga qadar bakalavr diplomiga ega bo’ladiganlar;
  • Kamida TOEFL PBT testidan 550 ball bo’lishi so’raladi. TOEFL yoki IELTS testini hozir topshirgan bo’lishingiz shart emas. GRE yoki GMAT testlarini topshirish talab qilinmaydi;
  • Ilgari AQShda bo’lmagan arizachilarga afzallik beriladi;

Ayni vaqtda AQShda bo’lganlar ariza topshira olmaydi. Grant berish uchun arizachining moliyaviy sharoiti rol o’ynamaydi.

Dastur ishtirokchilari o’qishni tugatgach, o’z davlatariga qaytib kelishlari kerak. J-1 vizasi talablariga ko’ra, ishtirokchilar O’zbekistonga qaytgach, kamida ikki yil J-1 vizasi orqli AQShga kira olmaydi.

Ariza topshirish tartibi:

Ariza onlayn tarzda SHU YERDA topshiriladi.

Ariza to’ldirish bo’yicha yo’l-yo’riqlar SHU YERDA.

Qo’shimcha savollaringiz bo’lsa, Tashkent-program@state.gov manziliga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!