AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi Ingliz tilida notiqlik tanlovini o‘tkazadi

0
1 643 marta o'qildi

Qayerda: O‘zbekiston

Kim uchun: 15-25 yoshlar orasidagi barcha uchun

Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2017-yilning 28-iyuni soat 14:00 gacha

Umumiy ma’lumot:

2017-yilning 14-iyulida, soat 17:00 da Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan elchixonaning Axborot resurs markazida ingliz tilida notiqlik tanlovi o‘tkaziladi. Tanlovda 15 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan va ingliz tili darajasi o‘rta va undan yuqori bo‘lgan yoshlar qatnashishi mumkin.

Nutq mavzusi:

Nutq mavzusi ixtiyoriy bo‘liq, uni notiqning o‘zi tanlaydi. Nutq davomiyligi 5 minutdan oshib ketmasligi lozim. Nutq hakamlar hay’ati tomonidan baholanadi.

Mukofotlar:

G‘oliblar quyidagicha mukofotlanadi:

1-o‘rin – Ipad.
2- va 3-o‘rinlar – TOEFL hamda IELTS ga toyyargarlik ko‘rish uchun mo‘ljallangan kitoblar va lug‘at.
Shuningdek, barcha qatnashchilar tanlovda qatnashganligi haqida sertifikat bilan taqdirlanadi.

Qatnashchilar soni cheklanganligi bois, ertaroq ro‘yxatdan o‘tish tavsiya etiladi. Ro‘yxatdan o‘tuvchilar doimiy foydalanadigan email manzili (elektron pochtasi) ni ham taqdim etishi lozim. Bu qatnashchi bilan aloqa o‘rnatib turish uchun kerak. Shuningdek, 29-iyun kuni soat 17:00 da notiqlik tanlovi yuzasidan tushuntirish berish ma’ruzasi tashkillashtiriladi va unda ro‘yxatdan o‘tganlarning qatnashishi majburiy. Ushbu ma’ruzada qatnashmaganlarga notiqlik tanlovida ishtirok etishga ruxsat berilmasligi mumkin.

Ro‘yxatdan o‘tish:

Elchixonaning 140-25-25 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin.

Batafsil SHU YERDA tanishishingiz mumkin.