×

Avstraliya hukumatining tadqiqot-o’quv stipendiyasi dasturi!


Grant

MUHLAT

11.08.2017

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

1378 marta

Avstraliya hukumatining tadqiqot-o’quv stipendiyasi dasturi Avstraliyaning Flinders universitetida bakalavrdan keyingi Ilmiy darajani olish uchun tadqiqot olib borishni xohlovchi xorijiy talabalarni qo’llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan.

Qabul soni: Dasturga 10 tagacha tadqiqotchi qabul qilinadi.

Dastur davomiyligi:

Doktorlik (Ph.d) bosqichida ta’lim olish muddati 3 yil, magistrlik bosqichida esa 2 yilni tashkil etadi. Dasturga topshirmoqchi bo’lganlar Avstraliyada ilgari bakalvrdan keyingi bosqichda ta’lim olmagan bo’lishi lozim.

Grant kimlar uchun?

MAGISTRLIK YOKI DOKTORLIK BOSQICHIDA O’QISHNI XOHLOVCHILAR UCHUN

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturda qatnashish huquqini qo’lga kiritgan tadqiqotchilar quyidagi iqtisodiy ta’minotlar bilan ta’minlanadi:

  • Flinders universitetida o’qish uchun to’lanadigan ta’lim puli to’lab beriladi;
  • Tadqiqotchilarga hayotiy ehtiyojlari yillik stipendiya beriladi. Miqdori – 2017-yil uchun 26682 Avstraliya dollari (bugungi kurs bo’yicha 20316 AQSh dollari). Keyingi yili stipendiya miqdori o’sishi mumkin;
  • Hozirda Avstraliyada bo’lmagan va xorijdan boradigan tadqiqotchilarga yo’l xarajatlari va borib joylashish xarajatlari uchun 1485 Avstraliya dollari (1130 AQSh dollari) miqdoridagi bir martalik to’lov beriladi.

Talablar:

  • Kanditat Flinders universitetining o’qishga qabul qilish talablariga javob berishi lozim;
  • Kandidat bakalavr diploma yoki unga muqobil bo’lgan 4 yillik ta’lim olganlik haqidagi hujjatga ega bo’lishi lozim;
  • Kandidat Flinders universiteti tomonidan talab qilinadigan ingliz tilini bilish darajasiga ega bo’lishi lozim;
  • Kandidat bundan oldin magistratura yoki doktoranturada o’qimagan bo’lishi lozim;
  • Kandidat Avstraliya yoki Yangi Zellandiya fuqarosi bo’lmasligi, shuningdek, Avstraliyada doimiy yashovchi statusiga ega bo’lmasligi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

  1. Tadqiqot rahbarining roziligi haqidagi emaili. Kandidat hujjat topshirishdan oldin Flinders univerisiteti Ilmiy xodimlari bilan bog’lanib, o’zi uchun tadqiqot rahbari tanlashi va agar stipendiyani qo’lga kiritsa, unga tadqiqot davomida rahbarlik qilishi haqidagi roziligini olishi kerak. Tadqiqot rahbarining roziligi aks etgan email ham topshiriladigan hujjatlar ichida bo’lishi kerak.
  2. Nashr etilgan ishlar. Kandidat o’zi tomonidan nashr etilgan 5 tagacha Ilmiy ish/maqolalarini yuborishi lozim. Ilmiy ish maxsus muqovali (cover sheet) bo’lishi kerak, muqovasiz Ilmiy ishlar qabul qilinmaydi.
  3. Fanlardan olingan baholar ro’yxati. Bakalavr davrida o’tilgan barcha fanlar va ulardan olingan baholar ingliz tiliga tarjima qilinib, topshirilishi kerak.
  4. Tadqiqoat rejasi. Kandidat amalga oshirmoqchi bo’lgan tadqiqotining rejasini (ko’rib chiqiladigan masalalar, gipotezalar, foydalaniladigan metodlar va hk.larni ifodalagan holda) taqdim etishi kerak. Tadqiqot rejasi ingliz tilida bo’lishi va 500 so’zdan oshmasligi lozim.
  5. Akademik refere (sudya) tavsiyanomasi. hujjat topshirishda to’ldirilishi kerak bo’lgan Akademik referening maxfiy ko’rsatma formasining A bo’limini to’ldirib, ilmiy darajaga ega va kandidatning ilmiy qobiliyatini yaxshi biladigan ikki kishiga email orqali yuboriladi. Ular hujjatni to’ldirib, 2017-yilning 11-avgustiga qadar rhdscholarships@flinders.edu.au email manziliga yuborishi lozim.
  6. Tarjimai hol (CV).

Barcha hujjatlar ingliz tilida bo’lishi, PDF holga keltirilib, ariza topshirish portali orqali yuborilishi kerak. Hujjatlarni topshirish uchun kandidat dastlab ariza topshirish portali orqali Flinder universitetidan ro’yxatdan o’tishi kerak.

Ariza topshirish bo’yicha ko’rsatma, nashr etilgan sihlarni rasmiylashtirish formasi, refere hisoboti formasi va boshqa kerakli hujjatlarni USHBU HAVOLA orqali yuklab olishingiz mumkin.

Kandidatlar hujjat topshirish jarayoni yuzasidan savollarini agrtps.international@flinders.edu.au email manziliga yuborishlari mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!