×

Avstraliya: PhD bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun to’liq grant va yillik stipendiya!


Grant

MUHLAT

31.08.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

3483 marta

Avstraliya milliy universitetining John Curtin School of Medical Research (JCSMR) maktabi har yili PhD bosqichida o’qishni xohlovchi xalqaro talabalar uchun grant taqdim etadi. Ushbu grantdan maqsad – iqtidorli talabalrni iqtisodiy jihatdan qo’llab-quvvtalash.

Faqat tibbiy fanlardan birini tanlaganlargina ushbu grant dasturiga qabul qilinadi.

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichida o'qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu grantni qo’lga kiritgan nomzod quyidagi iqtisodiy imkoniyatlar bilan ta’minlanadi:

  • Kontrakt puli to’liq qoplab beriladi;
  • Yillik 27 ming Avstraliya dollari miqdoridagi stipendiya bilan ta’minlanadi;
  • Ilmiy ishni chop qilish xarajatlari qoplanadi.

Talablar:

  • Nomzod xalqaro talaba bo’lishi lozim;
  • Nomzod Avtraliya milliy universitetining John Curtin School of Medical Research maktabida Doctor of Philosophy darajasiga (full-time) qabul qilinishi kerak;
  • Magistrlik diplomiga diplomiga ega bo’lishi hamda tibbiyot sohasida ilmiy ish (dissertatsiya) qilgan bo’lishi kerak. Shuningdek, tibbiyot sohasiga oid maqolalar chop etgan bo’lishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini bilish darajasini isbotlovchi hujjatga (IELTS) ega bo’lishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant uchun alohida hujjat topshirish talab etilmaydi. Doctor of Philosophy darajasiga topshirgan nomzod o’z-o’zidan grantga hujjat topshirgan hisoblanadi. Ushbu darajaga topshirish uchun SHU YERGA kiring.

Grant e'lon qilgan tashkilot:

John Curtin School of Medical Research (JCSMR)

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!