Axborot texnologiyalari sohasidagilar uchun Feysbuk stipendiya dasturi

0
76 marta o'qildi
Eslatma: Ushbu dasturga topshirish muhlati o'tgan. Undan faqat ma'lumot olish maqsadida foydalanishingiz mumkin.

Qayerda: AQSh

Ariza topshirish muhlati: 2015-yil 1-noyabr

Kim uchun: Doktorantura talabalari

Grant miqdori: To’liq qoplanadi

Umumiy ma’lumot:

Feysbuk stipendiya dasturi mahalliy va xalqaro nomzodlarni Feysbukka aloqador mavzularda ilmiy tadqiqot qilish uchun doktorantura dasturiga taklif etadi. Dasturga bir yilda 12 tagacha nomzod qabul qilinishi mumkin.

Kim uchun:

  • Doktorantura talabalari;
  • Ingliz tilida ilmiy tadqiqot olib bora oladigan nomzodlar.

Grant miqdori:

  • O’qish xarajatlari;
  • Yiliga 37 ming AQSh dollari miqdorida stipendiya;
  • Ilmiy tadqiqotini taqdim qilish uchun Feysbuk bosh ofisiga safar xarajatlari;
  • Ish haqi beriladigan amaliyot o’tash imkoniyati.

Ariza to’ldirish tartibi:

Arizalar onlayn tarzda SHU YERDA yoki elektron pochta orqali facebookfellowship@fb.com manziliga “Fellowship Program Application” sarlavhasi bilan yuborilishi lozim.

  • Rezyume;
  • Ikkita tavsiyanoma. Tavsiyanomalarning biri arizachining hozirgi ilmiy rahbaridan bo’lishi lozim. Tavsiyanomalar uni beruvchilar tomonidan ariza topshirishning so’nggi muhlatigacha topshirilishi lozim;
  • Ikki betdan oshmagan ilmiy tadqiqot yo’nalishi va mavzusini bayon qiluvchi ilmiy tadqiqot taklifi (single-spaced, 12 point Times New Roman font, one (1) inch margins);
  • O’qigan universitetlaridan baholar varaqasining nusxasi (majburiy emas).

To’liq ma’lumot uchun manba: SHU YERDA