Ayol jurnalistlar uchun Elizabet Neuffer stipendiya dasturi Ayol jurnalistlar uchun Elizabet Neuffer stipendiya dasturi
Eslatma: Ushbu dasturga topshirish muhlati o'tgan. Undan faqat ma'lumot olish maqsadida foydalanishingiz mumkin. Qayerda: AQSh Ariza topshirish muhlati: 2016-yil 29-aprel Kim uchun:  Ayol jurnalistlar... Ayol jurnalistlar uchun Elizabet Neuffer stipendiya dasturi
Eslatma: Ushbu dasturga topshirish muhlati o'tgan. Undan faqat ma'lumot olish maqsadida foydalanishingiz mumkin.

Qayerda: AQSh

Ariza topshirish muhlati: 2016-yil 29-aprel

Kim uchun:  Ayol jurnalistlar

Grant miqdori: To’liq qoplanadi

Davomiyligi: Yetti oy

Umumiy ma’lumot:

Dastur inson huquqlari va ijtimoiy adolat masalalarini yoritadigan ayol jurnalistlarning mahoratlarini oshirish uchun akademik va professional malaka oshirish dasturini taklif qiladi.

Dasturda tele va radio hamda internet OAV va mediyasida to’liq yoki qisman jurnalistik faoliyat bilan shug’ullanayotganlar ishtirok etishi mumkin. Dasturga barcha millat vakilalari ariza topshirishi mumkin.  Ishtirokchilar AQShning Massachusts shtati, Kembrij shahridagi Massachusets Texnologiya Institutida ta’lim oladi va «Boston Gloub»  hamda «Nyu-York Tayms» kabi obro’li tashkilotlarda amaliyot o’taydi. Dastur 2016-yil avgustdan 2016-yil mart oyigacha davom etadi.

Kim uchun:

  • Ayol jurnalistlar;
  • Kamida 3 yil professional jurnalistika tajribasiga ega bo’lganlar;
  • Ingliz tilini mukammal biladiganlar;
  • Inson huquqlari va ijtimoiy adolat masalalarini yoritishga qiziqqanlar.

Grant miqdori:

Dastur bilan bog’liq barcha xarajatlar qoplanadi.

  • Ishtirokchi davlatidan AQShga kelish va ketish xarajatlari;
  • Turar-joy va yashash xarajatlari;
  • Va boshqa xarajatlarni qoplash uchun ishtirokchilarga oylik stipendiya beriladi.

Ariza to’ldirish tartibi:

Ariza onlayn tarzda SHU YERDA to’ldiriladi. Quyidagi hujjatlar topshirilishi kerak:

  • To’ldirilgan ariza shakli;
  • Rezyume;
  • Ikkita jurnalistik ishidan namuna;
  • Ikkita tavsiyanoma uchun belgilangan shaklni to’ldirish.

To’liq ma’lumot uchun manba: SHU YERDA  

«Grantlar.Uz» saytidan «EXCLUSIVE» xizmat

Yuqoridagi grant uchun anketa va hujjatlaringizni tayyorlashda

YORDAM OLISHNI XOHLAYSIZMI?

Aloqa:

E-mail: info@grantlar.uz

⇒ BATAFSIL MA’LUMOT ⇐

  • Sherzod

    09/13/2015 #1 Author

    Hurmatli mentor .mani savolim. , boshqa sohadan. . . .nega spam papkasini tekshirish. .kerak ? . .