Ayollar uchun Global O’zgarish Liderlari Dasturi

9
111 marta o'qildi
Eslatma: Ushbu dasturga topshirish muhlati o'tgan. Undan faqat ma'lumot olish maqsadida foydalanishingiz mumkin.

Qayerda: Kanada

Ariza topshirish muhlati:  2016-yil 15-noyabr

Kim uchun: Ayollar

Grant miqdori: To’liq qoplanadi (viza xarajatlaridan tashqari)

Dastur davomiyligi: 7 hafta

Umumiy ma’lumot:

Dastur Koudi Institutidagi Xalqaro Ayollar Yetakchiligi bo’yicha markaz tomonidan tashkil etilgan bo’lib, rivojlanayotgan davlatlardan bo’lgan yetakchi va lider ayollarning o’z mahalliy tashkilotlari va jamiyatlariga innovatsiya va rivojlanish olib kelishiga hissa qo’shish uchun kerakli bilim va ko’nikmalarni beradi.

Dastur 2017-yil 17-iyulda boshlanib, 1-sentabrgacha (yetti hafta) davom etadi. Dastur Kanadaning Nova-Skosha shtatida, Antigonish shahrida bo’lib o’tadi. Dastur ishtirokchilari o’zlarining qiziqishlariga, asosan, shu sohada faoliyat yuritayotgan mentorlarga biriktiriladi. Mentorlar ishtirokchilarga 6 oy, ya’ni 2018-yilning 30-martigacha mentor/ustozlik qilishda davom etadi.

Kim uchun:

  • Rivojlanayotgan davlatlardan bo’lgan – O’zbekiston ham rivojlanayotgan davlatlar qatoriga kiradi;
  • Ijtimoiy, iqtisodiy rivojlanish, inklyuziv iqtisodiyot, oziq-ovqat xavfsizligi, ekologiya, ta’lim, sog’liqni saqlash, davlat boshqaruvi, ayollarning siyosiy faolligi hamda ayollar huquqlari bo’yicha kamida 4 yillik yetakchilik tajribasiga ega;
  • Kamida universitet yoki o’rta maxsus bilim yurtini tugatgan va tajribaga ega;
  • Ingliz tilini yaxshi biladigan;
  • Yuqorida aytilgan sohalar rivojlanishi uchun qayg’uradigan ilg’or nomzodlar uchun.

Grant miqdori:

Dastur barcha xarajatlarni o’z zimmasiga oladi. Jumladan, o’qish uchun to’lov, kelib-ketish safar xarajatlari, turar-joy va oziq-ovqatlar. Ishtirokchilar Kanada vizasini olish va u bilan bog’liq xarajatlarga o’zlari javobgar bo’ladi.

Ariza to’ldirish tartibi:

Ariza onlayn tarzda SHU YERDA to’ldiriladi.

Dastur haqida ko’p so’ralgan savollar bilan SHU YERDA tanishish mumkin.

To’liq ma’lumot uchun manba:  SHU YERDA 

9 Izohlar

  1. salom mentor. Men Ispaniyada grant asosida uqishni istayman, menga grant topishga yordam bersangiz. Oldindan rahmat!!

  2. Nechchi yoshdan nechchi yoshgacha belgilangan bu dastur. Masalan men Xotin qizlar qo’mitasida foalman ammo shtatniy ishlamaganman qatnashsam bo’ladimi? Ingliz tilin yaxwi bilaman.

  3. Diva,
    Shtatniy ishlagan bo’lishingiz shart emas. Yosh bo’yicha cheklov qo’yilmagan.

  4. Assolomu alekum men ham grantda qatnashmoqchiydim ariza to’ldirmoqchi bo’lsam dastur yopilgan deyilyapyi

  5. Assalomu aleykum. Mentor man Kasb-Xunar kollejini tamomlaganman. Man topshira olamanmi?

  6. Зийода. Салом ман хамшира булиб ишлайман ешим 37да маг хам топширсам буладими