×

Bamberg universitetida doktoranturada o’qish uchun DAAD grant dasturi


Grant

MUHLAT

28.02.2017

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

58 marta

DAAD tashkiloti Bamberg Ijtimoiy Fanlar Institutiga 2017-2018 – yillar davomida 4 tagacha (yiliga 2tadan) xalqaro doktorlik ishlari talabalarini tanlash va o`qitish imkoniyatini taqdim etdi. Bu DAAD grantlari «DAAD Bakalavrdan yuqori bosqichlar Granti Programmasi» (GSSP) miqyosida taqdim etilmoqda.

DAAD grantlari uch yilgacha muddatga berilishi mumkin. Grantlar, avvalo, bir yilga beriladi va ularning uzaytirilishi o`tgan yil davomida jarayonning ijobiy baholanishiga bog`liq bo`ladi.

Grant kimlar uchun?

Sotsiologiya, siyosiy fanlar, iqtisod, statistika, demografiya, yoki psixologiya sohalarida magistratura yoki uning ekvivalentiga ega bo`lgan va 2017-yil aprel oyigacha Germaniya hududida 15 oydan oshgan muddatda Germaniya hududida yashamagan, germaniyalik bo`lmagan shaxslar

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

To’liq va quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • oylik 1000 evro stipendiyasi
  • talaba vataniga ko`ra sayohat xarajatlari
  • sog`liq, baxtsiz hodisa va majburiyat sug`urtalari
  • yiliga 460 evro miqdoridagi ta’lim va izlanish xarajatlari
  • ijara, yoki, agar oilali bo`lsa bo`lsa, ro`zg`or xarajatlari

Talablar:

Nomzodlardan quyidagilar talab qilinadi:

  • Institut sotsiologiya, siyosiy fanlar, iqtisod, statistika, demografiya, yoki psixologiya sohalarida magistratura yoki uning ekvivalentiga ega bo`lgan nomzodlarni qidirmoqda.
  • Nomzodlar Institutning to`rt asosiy ilmish ish sohasidan biri yoki undan ortig`iga mos kelishi kerak.
  • Nomzodlar 2017-yil aprel oyigacha Germaniya hududida 15 oydan oshgan muddatda Germaniya hududida yashamagan, germaniyalik bo`lmagan bo`lishlari shart.

Nomzodlarga qo’yiladigan talablar bilan SHU YERDA to’liq tanishishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar va boshqa hujjatlar onlayn tarzda topshiriladi.

Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

  1. Ariza
  2. Rezyume- Curriculum Vitai (CV);
  3. Annotatsiya (Abstarct)
  4. Tadqiqot maqsadi
  5. 12 yillik ta’lim haqida guvohnoma, universitetda olgan baholar va diplom hamda daraja guvohnomalari
  6. Ingliz tilini bilishi to’g’risida ma’lumotnoma (IELTS, TOEFL, CEFR va hokazo);
  7. Ijtimoiy sohalarni tadqiq qilish metodlarini bilishni tasdiqlovchi ma’lumotnoma;

* Barcha hujjatlar notarius tomonidan tasdiqlanishi kerak.

Berilgan hujjatlarning barchasi ingliz tilida bo’lishi shart.

Pochta, kuriyer yoki boshqa yo’llar orqali jo’natilgan hujjatlar hisobga olinmaydi.

Savollar tug’ilganda murojaat qilish uchun email: admissions.bagss@uni-bamberg.de

Sohalar va universitetlar haqida to’liq ma’lumot SHU YERDA.

Hujjat topshirish tartibi haqida batafsil ma’lumotni SHU YERDAN olishingiz mumkin. Qo’shimcha savollaringiz bo’lsa, Germaniya elchixonasiga murojaat qilishingizni tavsiya etamiz.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!