“Beyond Borders 2017” Innovatsion Forumi

0
65 marta o'qildi
Eslatma: Ushbu dasturga topshirish muhlati o'tgan. Undan faqat ma'lumot olish maqsadida foydalanishingiz mumkin.

Qayerda: Shvetsiya

Ariza topshirish muhlati: 9-aprel 2017-yil

Kim uchun: Barcha uchun

Umumiy ma’lumot:

“Beyond Borders” dasturi har yili o’tkaziladigan innovatsion forum bo’lib, barcha 18-28 yoshdagi yoshlarni dunyodagi muammolarni yechish maqsadida tashabbuskor g’oyalar va loyihalar ilgari surishga taklif qiladi. Konfrensiyaning asosiy maqsadi yoshlarni bir yerga yig’ib, ular o’rtasida dunyoni yaxshilash haqidagi fikrlar almashinuvini ta’minlab, ularni yangi bilimlarga ega bo’lishlariga  imkoniyat yaratish hamda rag’batlantirish hisoblanadi.

Dastur konfrensiya o’tadigan hududdan yotoqxona va oziq ovqat bilan ta’minlashi mumkin. Kechki payt, forum doirasida turli xil o’yinlar, jonli musiqa va turli xil tadbirlar o’tkaziladi. Bu borada o’z fikrlaringiz bo’lsa tashkilotchilar bilan bog’lanib, kechani tashkilashtirishda o’z hissangizni qo’shishingiz mumkin.

Kim uchun: Barcha yoshlar uchun

Hujjat topshirish tartibi:

Nomzodlar ushbu Innovatsion forumda qatnashish uchun onlayn ariza topshirishlari va forum uchun talab etilgan to’lovni 5 kun ichida amalga oshirishlari talab etiladi.

Onlayn ro’yhatdan o’tish uchun:  http://initiativeforum.yip.se/registration/

Qo’shimcha ma’lumot uchun: http://initiativeforum.yip.se/info/

Orazbayeva Sayyora tayyorladi

Grantlar telegram kanaliga qo`shiling va grantlar hamda ta’limga oid yangiliklardan birinchi bo`lib xabardor bo`ling!