×

Bir million dollarlik Global o’qituvchi mukofoti!


Grant

MUHLAT

10.10.2015

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Birlashgan Arab Amirliklari

O'QILGAN

2659 marta

Umumiy ma’lumot:

Ta’lim loyihalarini moliyalab keluvchi Varki jamg’armasi 2014-yil o’qituvchilik kasbiga sharafli va obro’li maqomini qaytarish maqsadida shu sohaning fidoyi insonlari bo’lgan ustozlarni taqdirlash uchun Global o’qituvchi mukofotini ta’sis etgan. Ushbu dastur doirasida har yili dunyoning eng yaxshi o’qituvchisi deb topilgan insonga sovrin jamg’armasi Nobel laureatiniki bilan teng bo’lgan miqdorda – bir million dollar pul mukofoti beriladi.

G’olib nomi 2016-yil mart oyida Dubayda bo’ladigan Global ta’lim va malakalar forumida e’lon qilinadi.

Kim uchun:

Musobaqada majburiy ta’lim o’quv muassasalarida besh yoshdan 18 yoshgacha bo’lgan bolalarga istalgan fandan dars beruvchi o’qituvchilar qatnashishi mumkin. Shuningdek, to’liq bo’lmagan stavkada ishlovchi yoki onlayn dars beruvchi muallimlar ham ushbu dasturda qatnashishga haqli.

Qatnashchilarga quyidagi talablar qo’yilgan:

  • Kamida 18 yoshda bo’lishi;
  • 5 dan 18 yoshgacha bo’lgan o’quvchilarga dars berishi;
  • Musobaqada qatnashishiga biror huquqiy yoki qonuniy to’siqlar bo’lmasligi;
  • Jinoiy o’tmishga ega bo’lmasligi;
  • O’qituvchilik kasbiga, ta’lim dargohlariga yoki shu sohada ishlaydiganlarga hurmatsizlik va isnod keltirmagan bo’lishi;
  • Bu mukofotning avvalgi g’olibi bo’lmasligi;
  • Varki jamg’armasi bilan aloqador kompaniyalarda o’zi yoki yaqin ola a’zolari ishlamasligi kerak.

Mukofot miqdori:

G’olibga bir million dollar pul mukofoti beriladi. Mukofotga loyiq inson o’qituvchilik kasbi taraqqiyotiga ulkan hissa qo’shgan bo’lishi lozim. Dastlab, eng yaxshi 50 ta nomzod nomi aniqlanadi. Ular orasidan eng yaxshisi deb tan olingan 10 kishi 2016-yil mart oyida Dubayda bo’ladigan Global ta’lim va malakalar forumida qatnashish uchun taklif qilinadi.

Ariza topshirish tartibi:

2015-yil 10-oktabrgacha arizalar internet orqali SHU YERDA topshiriladi. Anketada arizachilar nega o’zini bu mukofot uchun loyiq deb hisoblashi va ta’lim sohasida amalga oshirgan loyihalari haqida batafsil ma’lumot berishi kerak.

To’liq ma’lumot uchun manba: SHU YERDA

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!