Birlashgan millatlar tashkiloti tizimi xodimlari kollejida(UNSSC) 2018-yil uchun aloqa va ijtimoiy media sohasida amaliyot dasturi

0
2 033 marta o'qildi
Eslatma: Ushbu dasturga topshirish muhlati o'tgan. Undan faqat ma'lumot olish maqsadida foydalanishingiz mumkin.

Qayerda: Turin (Italiya)

Ariza topshirish muhlati: 2017-yil 24-noyabr

Kim uchun: ijtimoiy mediasohasiga qiziquvchilar uchun

Grant miqdori: Oyiga  450$ miqdorida moliyaviy yordam.

Grant turi:  Amaliyot

Umumiy ma’lumot:

Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimi xodimlari kolleji (The United Nations System Staff College (UNSSC) Italiyaning Turin shahrida joylashgan ofisiga 6 oy davom etadigan amaliyot dasturida ishtirok etish uchun tanlov e’lon qildi. Tanlangan stajyor UNSSC Boshqaruv faoliyatini qo’llab-quvvatlash uchun aloqa sohasidagi o’z ko’nikmalarini rivojlantirish imkoniyatiga ega bo’ladi. Tanlangan stajyor UNSSC aloqa markazi direktorining kunlik rahbarligi ostida faoliyat olib boradi. Amaliyot muddati 2018-yil yanvaridan boshlab 6 oyga mo’ljallangan.

Stajyor quyidagi ishlarni amalga oshiradi:

  • o’ziga xos kontent bilan muntazam ravishda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarni yangilash;
  • axborotnomalar va boshqa turdagi veb-kontentlarni o’z ichiga olgan materiallarini tayyorlash;
  • Aloqa sohasidagi va boshqa axborot faoliyatini amalga oshirishni qo’llab-quvvatlash;
  • matbuot relizlarini, nutq va maqolalarni tayyorlashga ko’maklashish;
  • Tadqiqotga ko’maklashish, talab qilinadigan darajada ma’muriy va ma’muriy yordam ko’rsatish va rahbar tomonidan tayinlangan boshqa vazifalarni bajarish.

Grand miqdori:

Stajyorlar oyiga 450 evro miqdorida oylik oladi.

Kim uchun:

Arizachilar quyidagi talablardan biriga muvofiq bo’lishlari lozim:

  • Magistr yoki doktorlik darajasiga ega bo’lgan;
  • Magsitraturaning yakuniy bosqichida talim olayotgan;
  • Bakalavrning oxirgi bosqich talabalari;
  • Bakalavr, magistratura va PhDni tamomlaganiga 1 yildan oshmaganlar.

Talab qilinadigan ko’nikmalar:

  • Avvalgi ish tajribasi talab etilmaydi, biroq aloqa va jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha tajriba va ijtimoiy tarmoqlar bilan ishlash tajribasi inobatga olinadi.
  • Yozma va og’zaki ingliz tilini mukammal bilish zarur. Italyan tilini bilish qo’shimcha afzallik beradi.
  • Mikrosoft Office dasturlarini mukammal ishlata olish.

Hujjat topshirish tartibi:

Ushbu amaliyot dasturi bo’yicha yuboriladigan arizalar va boshqa hujjatlar ingliz tilida bo’lishi lozim. Quyidagi hujjatlar talab etiladi:

  • Rezyume (curriculum vitae-CV);
  • movitasion insho (inshoda nima maqsadda ushbu amaliyot dasturida qatnashmoqchi ekanligingiz ko’rsatilishi lozim;
  • Magistratura yoki doktoranturada tehsil olayotganlar o’zlarining o’quv yurtlaridan ma’lumotnoma taqdim etishlari lozim;

Barcha arizalar, hujjatlar, dastur haqidagi takliflar e-mail orqali ushbu manzilga yuborilishi lozim: recruitment@unssc.org

Xat mavzusini quyidagicha ko’rsating «Application for Internship vacancy announcement 007».

Hujjat topshirish tartibi haqida batafsil ma’lumotni SHU YERDA olishingiz mumkin.

Grantlar telegram kanaliga qo‘shiling va grantlar hamda ta’limga oid yangiliklardan birinchi bo‘lib, xabardor bo‘ling!