Birlashgan Millatlar Tashkilotida volontyorlik Birlashgan Millatlar Tashkilotida volontyorlik
Qayerda: Dunyo bo’ylab Ariza topshirish muhlati: Yil bo’yi qabul qilinadi Kim uchun: Universitet diplomi va ish tajribasiga ega hamda 25 yoshga to’lganlar Moddiy yordam:... Birlashgan Millatlar Tashkilotida volontyorlik

Qayerda: Dunyo bo’ylab

Ariza topshirish muhlati: Yil bo’yi qabul qilinadi

Kim uchun: Universitet diplomi va ish tajribasiga ega hamda 25 yoshga to’lganlar

Moddiy yordam: Oylik stipendiya beriladi, ko’chib kelish, sog’liq sug’urtasi va yo’l xarajatlari qoplanadi.

Volontyorlik muddati: 6 oydan bir yilgacha (Uzaytirilishi mumkin)

Umumiy ma’lumot:

BMT volontyorlari har qanday sharoitga tez ko’nikadigan, bir joydan boshqa joyga ko’chish uchun doim tayyor turadigan nomzodlar bo’lishi kerak. Ular o’z ish joyini tanlashga haqli emas.

BMT volontyorlari 6 yoki 12 oylik shartnoma asosida ishlaydilar. Odatda, ularning o’rtacha bir yil ishlab berishlari kutiladi. Bu muddat uzaytirilishi mumkin.

Agar siz bundan kamroq muddatga volontyorlik qilish niyatida bo’lsangiz, 3 oylik kontrakt haqida SHU YERDAN ma’lumot olishingiz mumkin.

Kimlar topshirishi mumkin:

Nomzodlar –

  • Bakalavr yoki undan yuqori darajali diplomga ega bo’lishi;
  • Ikki yil tegishli ish tajribasini o’tagan bo’lishi;
  • Kamida 25 yoshga to’lgan bo’lishi;
  • BMTning 3 ta asosiy tilidan (ingliz, fransuz yoki ispan tillari) kamida bittasini bilishi;
  • Volontyorlik shartlariga qat’iy amal qilishi;
  • Turli madaniyatli muhitlarda ishlay olishi;
  • Qiyin yashash sharoitlariga ko’nika olishi;
  • Kuchli aloqa qilish va tadbirkorlik qobiliyatiga ega bo’lishi kerak;

Rivojlanayotgan davlatlardan ish yoki volontyorlik tajribasiga ega bo’lganlar afzal ko’riladi.

Moddiy yordam:

Sizga ish jarayonida ushbu xarajatlar uchun mablag’ beriladi:

  • Ko’chib kelish va joylashish uchun xarajatlar;
  • Har oy to’lanadigan oylik yashash xarajatlari;
  • Yo’l xarajatlari;
  • Yashash, sog’liq hamda ishga layoqatsizlik sug’urtasi xarajatlari;
  • Yillik ta’til;
  • Ish yuzasidan boshqa joyga ko’chish xarajatlari;

Ariza topshirish tartibi:

BMT volontyorligi uchun arizani SHU YERDAN topshirishingiz mumkin.

Ba’zan ayrim yo’nalishlar bo’yicha mutaxassisga ehtiyoj sezilsa yoki ma’lum loyiha uchun ko’proq yordamchi kerak bo’lsa, qo’shimcha volontyorlarni odatdagi tartibdan farqli yollashlari mumkin. Bu kabi maxsus ish va volontyorlik imkoniyatlari haqida SHU YERDAN ma’lumot olishingiz mumkin.

Qo’shimcha ma’lumot uchun manba: SHU YERDA

  • Mamura

    07/10/2015 #1 Author

    I’d like to be a voluenteer.How can I do it? Can you advise me? I’ll wait for your answer.Thanks a lot before.

  • Mentor

    07/17/2015 #2 Author

    Mamura,
    We sent you an email.

  • Javoxir

    07/21/2015 #3 Author

    I am 23 years old. Couldn’t I apply to be a voluenteer, but I am really into doing it. Help me!

  • Mentor

    07/21/2015 #4 Author

    Javoxir, if you meet the eligibility requirements to apply for this program, we can help you. Write us at axborot@grantlar.uz.

  • Farzona

    07/27/2015 #5 Author

    Hello, please send me requirements of UN volunteer. thanks in advance

  • Mentor

    08/03/2015 #6 Author

    Farzona,

    Contact us at axborot@grantlar.uz for more details.

  • Ruslan

    08/11/2015 #7 Author

    Hello. I am Ruslan. So How can I register to be UN valunteer Thank you

  • Mentor

    08/12/2015 #8 Author

    Ruslan,

    We can help you if you email us at axborot@grantlar.uz.

  • shavkat

    09/03/2015 #9 Author

    Umuman Volontyorlikdan ro’yxatdan o’tib bo’lmayaptiku. Kim bilsa yordam bersin. +998902450019 +998937988940

  • Jaloliddin

    12/21/2015 #10 Author

    qanaq qilib ro’yxatdan o’tsa bo’ladiiiii

  • Jaloliddin

    12/21/2015 #11 Author

    shuni kimdirni tushutirishni iloji bormiiii

  • Maxbuba

    03/12/2016 #12 Author

    Salom men 28 yoshdaman men ham shunga harakat qilsam bo’ladimi?

  • Hamida

    04/01/2016 #13 Author

    Where and how can we apply to be a volunteer?

  • Mirsaidxon

    07/08/2016 #14 Author

    How can l find your adress

  • Usmonjon

    09/19/2016 #15 Author

    Hello,
    please send me requirements of UN volunteer.
    Thanks Usmon.

  • Rano

    10/11/2016 #16 Author

    Hello/ I’m Rano. I’m a teacher.
    I’d like to be a voluenteer.How can I do it? Can you advise me? I’ll wait for your answer.Thanks in advance.