Bishkekda “Zamonaviy jurnalistika Markaziy Osiyo yozgi maktabi”

0
67 marta o'qildi
Eslatma: Ushbu dasturga topshirish muhlati o'tgan. Undan faqat ma'lumot olish maqsadida foydalanishingiz mumkin.

Qayerda: Bishkek. (Qirg‘iziston Respublikasi).

Kim uchun: 30 yoshdan oshmagan jurnalistik qobiliyatlilar.

Ariza topshirish muhlati: 25-aprel 2017-yilgacha.

Grant turi: Bepul yozgi maktab

Grant miqdori: Stipendiya tariqasida.

YXHTining Bishkek Akademiyasi, Deutsche Welle Akademie va boshqa bir qator hamkor tashkilotlar Bishkekda 10 hafta davom etadigan, “Zamonaviy jurnalistika Markaziy Osiyo yozgi maktabi”ga arizalar qabul qilishni boshladi. Daturda Ommaviy axborot vositalarida (bosma, radio, telivideniya, internet) faoliyat ko‘rsatayotgan yoki yetarli tajribaga ega bo‘lgan soha talabalari ishtirok etishlari mumkin. Dastur Markaziy Osiyo tinglovchilariga qaratirilgan bo‘lib, jurnalistlar malakasini oshirish va mintaqadagi dolzarb muammolarga siyosatchilar e’tiborini jalb etishdir. Shuningdek, kelgusida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish. Seminar treninglar Qirg‘iziston, Rossiya va Germaniyaning yetuk murabbiylari tomonidan olib boriladi. Rus tili ishchi til hisoblanadi.

Dastur shu yilning (2017) 18-iyunidan 25-avgusti oralig‘ida o‘tkaziladi.    

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

  • 30 yoshdan oshmagan;
  • Jurnalist xodim yoki sohada yetarli tajribaga ega bo‘lganlar;
  • Rus tilini bilishi;
  • Kompyuter savodxonligiga ega bo‘lishi;

 Grant miqdori:

  • Muvaffaqiyatli nomzodlarga 200 € miqdorida oylik stipendiya;
  • 150 € miqdoridaqo‘shimcha yashash harajatlari;

Arizalar, motivotsion xat hamda OAVda e’lon qilingan ijodiy ishlar MSWord yoki PDF ko‘rinishida yuborilishi lozim.

Mashg‘ulotlar 5 ta bosqichga ajralgan bo‘lib, har bir bosqich turli soha qatlamlarini o‘z ichiga oladi. Final bosqichigacha (21 – 25-avgust) faol ishtirok etganlarga baholash tizimida sertifikatlar topshiriladi.

 Sizni qiziqtirgan savollar va qo‘shimcha ma’lumotlar haqida bilish uchun s.dzardanova@osce-academy.net elektron manziliga yoki (+996) 312 543 200 raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.

Nurillo TO‘XTASINOV tayyorladi.

Grantlar telegram kanaliga qo`shiling va grantlar hamda ta’limga oid yangiliklardan birinchi bo`lib, xabardor bo`ling!