Blogerlar tanloviga marhamat

0
96 marta o'qildi
Eslatma: Ushbu dasturga topshirish muhlati o'tgan. Undan faqat ma'lumot olish maqsadida foydalanishingiz mumkin.

Qayerda: Internetda

Ariza topshirish muhlati: 2016-yil 25-aprel

Kim uchun: Yosh va havaskor blogerlar

Mukofot: Samsung Galaxy plansheti, Samsung Galaxy J1 Ace aqlli telefoni va Remaxdan elektr zaxira manbasi

Umumiy ma’lumot:

Sahar onlayn ijtimoiy tadbirkorlar maktabi 2-blogerlar tanlovini ochiq deb e’lon qiladi.

Tanlovning maqsadi – yosh va havaskor blogerlar o’rtasida ijtimoiy dolzarb mavzularni qamraydigan blogerlik faoliyatini shakllantirish va rag’batlantirish. Bu orqali esa jamiyatda fikrlar almashuvini kengroq yo’lga qo’yish. Tanlvoga o’zbek tilida blogpostlar qabul qilinadi. Tanlov ikki bosqichdan iborat bo’lib, 1-raund yakunida eng yaxshi 8 ta blogpost 2-raundga yo’llanma oladi. 2-raundda ular yangi blogpost bilan qatnashishi lozim. Bu vaqtda finalistlarga ishlash uchun mentorlar beriladi.

  1. Birinchi bosqich – tanlov ishtirokchilarini va ilk blogpostlarni ro’yxatga olish – 2016-yilning 6-aprelidan 25-apreligacha o’tkaziladi. Ishtirokchilarga 26-apreldan 1-mayga qadar blogpostlarini ijtimoiy tarmoqlarda targ’ib etib unga ko’proq ovoz olish uchun qo’shimcha vaqt beriladi.
  2. Ikkinchi bosqich – ro’yxatga olingan ishtirokchilar orasidan 8 ta finalchilarni aniqlash – 2016-yilning 2-mayidan 4-mayigacha. 4-may kuni birinchi saralashda g’olib deb topilib, ikkinchi bosqichga o’tgan 8 nafar blogerning ismi e’lon qilinadi.
  3. Uchinchi bosqich – 8 ta finalchining 2-blogpostlarini qabul qilish –2016-yilning 4-mayidan 16-mayigacha o’tkaziladi.
  4. To’rtinchi bosqich – tanlov g’oliblarini hakamlar hay’ati tomonidan aniqlash – 2016-yilning 17-mayidan 24-mayigacha o’tkaziladi.
  5. Beshinchi bosqich – tanlov g’oliblari 2016-yilning 25-may kuni e’lon qilinadi. G’oliblarni taqdirlash may oyining belgilangan kunida Toshkent shahrida o’tkaziladi.

Kim uchun:

Tanlov yosh va havaskor blogerlar ishtirok etishi mumkin. Demak, tanlovda hamma ishtirok etishi mumkin.

1. Blogerlar istalgan ko‘rinishda blogpost yozishi mumkin. Video, audio (podkast),  foto  va h.k. shaklidagi blogpostlar bilan qatnashish targ’ib qilinadi. Matn asosidagi blogpostlarning uzunligi o’rtacha 3 bet atrofida bo’lishi, video va audio shaklidagi blogpostlarning uzunligi 5 daqiqadan oshmasligi lozim.

2. Tanlovga hali chop etilmagan yoki 2016-yilda chop etilgan blogpostlargina taqdim etilishi mumkin. Bitta ishtirokchi tomonidan tanlovning har bir bosqichida faqatgina bitta blogpost taqdim etilishi mumkin.

3. Tanlovda ishtirok etayotgan blogpostlarning mazmuniga quyidagi talablar qo’yiladi: Tanlovda qatnashish uchun topshirilgan blogpostlar jamiyatdagi ijtimoiy muammolarni yoritishi talab etiladi.

4. Tanlovning ikkala saralash bosqichida ham blogpostga qo’yilgan talablar bir xil amal qiladi.

Har bir blogpost quyidagi mezonlar asosida baholanadi:

  • mavzuning dolzarbligi;
  • originallik;
  • yozish malakasi (yoki audio yoki fotoning sifati);
  • shaxsiy va tahliliy fikrning mavjudligi;
  • innovatsion va noodatiy uslub va yondashuvga egaligi;
  • muammolarga yechim taqdim etishi (agar bo’lsa).

Mukofot:

  1. Tanloving ikkinchi saralash bosqichiga chiqqan barcha 8 ta ishtirokchiga sovg’alar beriladi.
  2. Ikkinchi saralash bosqichi yakuniy natijalariga ko’ra, 1-o’ringa Samsung Galaxy plansheti, 2-o’ringa Samsung Galaxy J1 Ace aqlli telefoni va 3-o’ringa gadjetlar uchun elektr zaxira manbasi mukofot sifatida beriladi.
  3. Bundan tashqari, tanlov tashkilotchilari tanlovning ikkala saralash bosqichida qatnashgan blogpostlar orasidan o’ziga xos innovatsion yangilik kiritgan yoki noodatiy yondashuvga ega blogpost mualliflarini ham taqdirlaydi.

Ariza to’ldirish tartibi:

1. Sahar maktabi saytidan ro’yxatdan o’ting;

2. Tanlov Nizomiga javob beradigan blogpostingizni SHU YERGA joylang.

Tanlov Nizomi bilan batafsil SHU YERDA tanishish mumkin.