BMT Oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi tashkilotida amaliyot

8
102 marta o'qildi

Qayerda: Dunyoning turli joylarida

Kim uchun:  Talabalar va universitetni yaqinda bitirganlar

Grant miqdori: Oyiga $700 dollar stipendiya

Dastur muddati: O’rtacha 3-6 oy

Umumiy ma’lumot:

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va Qishloq xo’jaligi tashkiloti a’zo davlatlarning qishloq xo’jaligi, baliqchiligi va o’rmonchiligini qo’llab-quvvatlash hamda ochlikka barham berish borasida xalqaro miqyosda ish olib boradi. Amaliyotchilar BMT Oziq-ovqat va Qishloq xo’jaligi tashkilotining bosh ofisida yoki boshqa joydagi bo’lim va ofislarida amaliyot o’tashi mumkin.

Kim uchun:

  • 30 yoshdan oshmagan;
  • Universitetni yaqinda tamomlagan yoki bakalavr yoxud magistratura talabalari;
  • Kamida ikki yil BMT Oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi sohasiga aloqador sohada ta’lim olgan;
  • Ingliz, fransuz yoki ispan tillaridan birini bilish talab etiladi. Rus, arab, xitoy tillaridan birini bilganlarga afzallik beriladi.
  • BMTda ishlayotgan shaxslarning farzandlari, opa-singil yoki aka-ukalari dasturda ishtirok eta olmaydi.

Grant miqdori: 

Dastur ishtirokchilariga oyiga $700 dollar stipendiya to’lanadi. Ba’zi hollarda amaliyotchining amaliyot o’tayotgan davlatiga qarab, mazkur summa o’zgarishi ham mumkin.

Ariza to’ldirish tartibi:

Ushbu vakansiyaga ariza to’ldirish uchun SHU YERDA ro’yxatgan o’tib, o’z profilingizni to’ldirishingiz kerak. So’ralgan ariza qatorlarini to’ldirgan holda, “Documents” degan bo’limga dasturda ishtirok etishdan maqsadlaringiz ifodalangan qisqa insho yozib topshirishingiz lozim. Dasturga ariza to’ldirish bo’yicha savollar bilan internship-programme@fao.org manziliga murojaat qilish mumkin. Ariza yil bo’yi qabul qilinadi.Ko’p so’ralgan savollar bilan SHU YERDA tanishish mumkin. Ariza to’ldirish bo’yicha esa qo’llanma SHU YERDA.

To’liq ma’lumot uchun manba: SHU YERDA 

8 Izohlar

  1. 2009 yilda menejment bakalavr darajasini egallaganman. 2012 yilda fransuz tilidan B2 darajasini olganman. Hozirda tuman statistika bo’limida ishlayman. Ushbu amaliyotda men ham qatnasha olamanmi? Javob uchun rahmat!

  2. Salom, men Jahon Tillari universiteti 3-kurs talabasiman ingliz tili va rus tillarini yaxshi bilaman. Bu grandda ishtirok etishni xoxliyman lekin soxam bu soxaga to’g’ri kelmaydi shunga fikrizni bildirsayiz oldindan raxmat

  3. Здравствуйте! Там написано что участники должны не менее двух лет обучаться по направлению сельского хозяйства. А если я только начала второй год? Где я могу найти информацию про этот грант на сайте ФАО?

  4. Salom. Meni savolim bor edi. Sizlarda interaktiv xizmat ko’rsatish qancha shu applicationga hujjat topshirish uchun. Oldindan rahmat.

  5. Shahnoza,

    Maqola oxirida manzil berilgan. Kirib to’liq ma’lumot olishingiz mumkin.

  6. Assalomu alaykum! Ariza to’ldirish haqida qulayroq qilib ma’lumot bersalaringiz, yoki imkoniyatlar yaratsalaringiz degandim. Hozir ariza to’ldirmoqchiman ammo qanaqadir tushunmovchiliklar kelib chiqmoqda.