×

BMT Taraqqiyot Dasturi va Koka Kola kompaniyasining grant dasturi!


Grant

MUHLAT

26.10.2015

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'zbekiston

O'QILGAN

1389 marta

Umumiy ma’lumot:

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) hamda Koka Kola kompaniyasi «Yangi Hayot: inklyuziv va barqaror inson taraqqiyoti» dasturi doirasida  grant olish uchun ochiq tanlov e’lon qiladi.

«Yangi Hayot: inklyuziv va barqaror inson taraqqiyoti» dasturi  ikkita asosijy yo’nalishlar bo’yicha amalga oshiriladi:

1.        Toza ichimlik suv va sanitariya xizmatlariga bo’lgan imkoniyatlarni kengaytirish, mahalliy aholini keng ishtirokida suv resurslari boshqaruvini yaxshilash.

2.        Barqaror jamiyat tuzish yo’lida ayollar va yoshlar imkoniyatlarini ta’lim sifatini yaxshilash va ishchi o’rinlarni tashkil etish orqali kuchaytirish.

Kim uchun:

O’zbekistondagi quyidagi tashkilotlar ishtirok etishlari mumkin:

– BMTTD nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlikda yoki;

– BMTning O‘zbekistondagi boshqa agentliklari, xususan BMTning taraqqiyot guruhlariga kiruvchi agentliklari (YuNEP, YuNISEF, YuNFPA, Umumjahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti va boshqalar);

– Nodavlat va jamoat tashkilotlari yoki;

– Mahalliy aholining ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilash maqsadida tashkil etilgan shirkatlar, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha shirkatlar yoki;

– Mintaqaviy rivojlanish agentliklarining vakolatxonalari yoki;

– Institutlar, turli tashkilotlarning salohiyatini oshirish bo‘yicha markazlar.

Grant miqdori:

O’zbekiston uchun ajratilgan grant miqdori 100 ming AQSh dollargacha bo’lgan byudjetni tashkil etadi.

Ariza to’ldirish tartibi:

Loyiha bo’yicha takliflar Mirobod kuchasi, 41/3 manzilida joylashgan BMTTD ning O’zbekistondagi vakolatxonasiga, yoki abbos.akhadov@undp.org elektron manziliga 2015-yil 26-oktabr soat 18:00 gacha taqdim etilishi lozim.  Takliflarni tayyorlash bilan bog’liq savollar bo’yicha quyidagi tel (+998 71) 1203450 (ichki 150) yordamida tabiiy resurslarni boshqarish bo’yicha mutaxassis Abbos Ahadovga murojaat qilishingiz mumkun.

Ariza shaklini (ingliz tilida) SHU YERDA yuklab olish mumkin.

To’liq ma’lumot uchun manba: SHU YERDA

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!