BMT Taraqqiyot Dasturining “Fuqarolarni jalb qilish muammolari uchun texnologiya yechimlari” tanlovi

2
64 marta o'qildi
Eslatma: Ushbu dasturga topshirish muhlati o'tgan. Undan faqat ma'lumot olish maqsadida foydalanishingiz mumkin.

Kim uchun: Yakka shaxslar va NTT tashkilotlar

Ariza topshirish muhlati: 2015-yil 5-mart

Grant miqdori: 10 ming dollar mablag’ va Kiprga sayohat

Umumiy ma’lumot:

BMT Taraqqiyot Dasturining 2014-2017 yillar uchun rejasida inklyuziv va demokratik boshqaruv masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Dasturda fuqarolarning davlat boshqaruvida faol ishtiroki va qamrab olinishi qo’llab-quvvatlanadi.

Shu maqsadlarga erishish uchun BMT TD “Fuqarolarni jalb qilish muammolari uchun texnologiya yechimlari” degan tanlov e’lon qiladi. Mazkur tanlovda mavjud muammolarga texnologiyadan foydalangan holda ilg’or yechim topish rag’batlantiriladi. Tanlov g’oliblariga o’z g’oyalarini ishlab chiqish uchun molivyaviy hamda maslahat tarzidagi ko’mak beriladi. Bundan tashqari, g’oliblar 2015-yil 25-26 aprel kunlari Kiprning Nikosiya shahrida bo’lib o’tadigan 2-Yillik Texnologiya bilan Tinchlikka erishish konferensiyada ishtirok etadi.

Kim uchun:

  • Ro’yxatdan o’tgan fuqarolik jamiyati institutlari;
  • Ro’yxatdan o’tgan notijorat tashkilotlari;
  • Yakka shaxslar;
  • BMT TDning har bir davlatdagi idorasi.

Ishtirokchi davlatlarning to’liq ro’yxati ingliz tilidagi sahifada berilgan bo’lib, ular orasida O’zbekiston  ham mavjud.

Grant miqdori:

10 ming dollar. G’oliblar, shuningdek, Kiprda bo’lib o’tadigan konferensiyada ishtirok etish imkoniyatini qo’lga kiritadi.

Ariza topshirish tartibi:

Tanlov quyidagi 5 bosqichdan iborat:

  1. G’oyalarni yig’ish;
  2. Loyihani shakllantirish va jamoanining qo’llab-quvvatlashi;
  3. G’olib jamoalarni aniqlash;
  4. Prototiplarni o’ylab chiqish va Kiprdagi konferensiyada qatnashish;
  5. Prototiplarni yasash-amalga oshirish.

Eng birinchi bosqich – g’oyalarni yig’ishda qatnashish uchun SHU YERDAN  ro’yxatdan o’ting va o’z g’oyangizga nom tanlang hamda quyidagi uchta savolga javob berish orqali g’oyangizga qisqacha tavsif bering.

  1. Siz yechmoqchi bo’lgan muammoni tasvirlab bering. Bu muammo odamlarning kundalik hayotiga qanday ta’sir o’tkazadi?
  2. Siz taklif qilayotgan yechimni tasvirlang. Sizning yechimingiz bu muammoni yechishning an’anvaiy usuliga qanday yondashadi yoki qo’shimcha yangilik kiritadi?
  3. Bu yechimni amalga oshirish uchun qanday texnologiyadan foydalanmoqchisiz va nima uchun? Siz taklif qilgan texnologiyani shunga o’xshash boshqa yechimlarga nisbatan tatbiq qilish bo’yicha ham yozib qoldiring.

Ariza topshirish bo’yicha savollarga javob berish hamda yo’l-yo’riq ko’rsatish uchun vebinar (onlayn seminar) 2-mart soat   kechki 6:00 — 7:00da SHU YERDA bo’lib o’tadi. Vebinarning nomeri (meeting number) 956 670 150 va kirish so’zi 2march2015.

Arizani to’ldirish bo’yicha qo’llanma SHU YERDA

To’liq ma’lumot uchun manba: SHU YERDA 

2 Izohlar

  1. Shaxboz,

    Bu grantga topshirish muddati o’tgan. Keyingi yili yana e’lon qilinishi mumkin.

    Unda ishtirok etish uchun ingliz tilini bilish kerak.