BMT va Nippon jamg’armasining stipendiya dasturi BMT va Nippon jamg’armasining stipendiya dasturi
Eslatma: Ushbu dasturga topshirish muhlati o'tgan. Undan faqat ma'lumot olish maqsadida foydalanishingiz mumkin. Qayerda: Nyu-York, AQSh Ariza topshirish muhlati: 2016-yil 9-sentabr Kim uchun: 25-40... BMT va Nippon jamg’armasining stipendiya dasturi
Eslatma: Ushbu dasturga topshirish muhlati o'tgan. Undan faqat ma'lumot olish maqsadida foydalanishingiz mumkin.

Qayerda: Nyu-York, AQSh

Ariza topshirish muhlati: 2016-yil 9-sentabr

Kim uchun: 25-40 yoshdagilar

Grant miqdori: To’liq qoplanadi

Davomiyligi: 9 oy

Umumiy ma’lumot:

Birlashgan Millatlar Tashkiloti hamda Yaponiyaning Nippon jamg’armasi hamkorlikda rivojlanayotgan davlatlar xizmatchilari va boshqa sektordagi o’rta darajadagi professionallar uchun okean va xalqaro dengiz qonunlari hamda shu sohaga tegishli yo’nalishlar bo’yicha bilim va tadqiqotlarini oshirish uchun stipendiya dasturini joriy qilgan. Dastur ingliz tilida olib boriladi.

Dastur 9 oy davom etadi hamda ketma-ketlikdagi ikki fazadan iborat:

1-faza: Ishtirokchilar 3 oy BMT bosh ofisi Nyu-Yorkda tadqiqot va treningdan o’tadi;

2-faza: 6 oyd davomida ishtirokchilar dasturda mezbon institut sifatida qatnashuvchi mashhur universitet va tashkilotlardan birida akademik ilmiy tadqiqot olib boradi.

Kim uchun:

  • Arizachilar o’z davlati, ish beruvchisi yoki o’zi tegishli bo’lgan tashkilot tomonidan tavsiya qilinish lozim;
  • 25-40 yoshdagilar;
  • Arizachilar mavzuga aloqadar yo’nalishlardan birida universitet diplomiga ega hamda akademik muhitda mustaqil ilmiy tadqiqot olib bora oladigan bo’lishlari lozim;
  • Arizachilar o’rta darajadagi professionallar bo’lishi va okean va xalqaro dengiz qonunlariga aloqador ish bilan shug’ullanadigan bo’lishi lozim.

Grant miqdori:

Dastur bilan bog’liq barcha xarajatlar qoplanadi.

Ariza to’ldirish tartibi:

Ariza uchta qismdan iborat:

  1. Shaxsiy ma’lumotlar va taklif qilinayotgan ilmiy tadqiqot taklifi SHU YERDA;
  2. Taqdimnoma (davlat tomonidan arizachining nomzodi taqdim qilinishi lozim) va tavsiyanomalar SHU YERDA;
  3. BMT tibbiy ma’lumotnoma shakli SHU YERDA.

Ariza 1 va 2-qismlari to’ldirilgan holda arizachi nomzodini taqim qilayotgan davlat organiga yuborilishi lozim. Tibbiy ma’lumotnoma to’ldirilgach, arizachi shaxsan o’zi uni BMTga yuborishi mumkin.

Barcha ariza shakllari quyidagi manzilga yuborilishi kerak:

Elektron pochta orqali: DOALOS@un.org (Afzal ko’riladigan usul)

Pochta orqali yuborish uchun manzil:

The United Nations – The Nippon Foundation of Japan Fellowship Programme
Division for Ocean Affairs and the Law of the Sea
Office of Legal Affairs
United Nations, Room DC2-0450
New York, N.Y. 10017, U.S.A.
Fax: +1-917-367-0560

To’liq ma’lumot uchun manba: SHU YERDA 

 

  • Ruziev Mirjalol

    06/23/2015 #1 Author

    Meni aynan wunday xalqaro miqyosdagi grantlar qiziqtiradi.

  • Jafar

    06/25/2015 #2 Author

    Eng yaxshi saytlardan biri!!!!

  • Mamura

    07/09/2015 #3 Author

    Eng zo’r fikr! Faqat manga ish kerak edi. Soham bo’yicha.O’zDJTUni ingliz filologiyasini tugatganman.

  • zokir

    07/12/2015 #4 Author

    salom yahshi sayt ekan

  • Махамадожон

    06/23/2016 #5 Author

    Маъмурахон Манга тел килинг 3593685 иш масаласида. Мен «Узагроэкспорт» ташқи савдо компаниясида менежерлар танлаш ва тайёрлаш бўлими бошлиғиман. Бизга тил биладиган мутахассислар керак