×

Braziliyada haq to’lanadigan amaliyot dasturi


Grant

MUHLAT

30.08.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Braziliya

O'QILGAN

3499 marta

4YOU2 Teach hamkorlik dasturi Braziliyaning San Paulo shahrining kam ta’minlangan qismlarida chet tilini o’rganish uchun sharoit yaratish maqsadida ishlab chiqilgan. Dastur doirasida so’nggi 4 yil ichida dunyoning turli hududlaridan 200 dan ortiq o’qutuvchilar jalb qilinib, 6000 dan ziyod o’quvchilar o’qitilgan. Ushbu til maktabi o’quvchilardan nisbatan kam haq oladi va Braziliyadagi eng arzon til maktabi hisoblanadi. Ushbu til markazi o’quvchilar va til o’rgatuvchilar o’rtasidagi madaniy almashinuvni muhim hisoblagani uchun ham har yili o’nlab o’qituvchilarning faoliyatini moliyalashtirib, faqat chet ellik o’qituvchilardan iborat o’qitish muhitini yaratgan.

Grant kimlar uchun?

Ingliz tilida erkin so’zlashuvchi ko’ngillilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

4FOR2 dasturida qatnashayotgan o’qituvchilar uchun dasturning quyidagi manfaatli jihatlari mavjud:

  1. O’qituvchilar uchun turar joy tashkil qilib beriladi. Ular mahalliy oilalalar bilan birga yashashadi.
  2. Qatnashchilar Braziliyada hayot kechirishi uchun yetarli bo’lgan oylik stipendiya bilan ta’minlanadi.
  3. Qatnashchilarga bir hafta davomida o’qitish uslublari o’rgatiladi.
  4. Nomzodlar ijobiy muhitda amaliyot o’tash va yaxshi taassurotlar bilan qaytish imkoniga ega bo’lishadi.
  5. Dastur so’nggida qatnashchilar ishtirok va trening sertifikatlari bilan taqdirlanadilar.

Braziliyaga borish va kelish, viza va sug’urta kabi xarajatlarni qatnashchilarning o’zlari qoplashlari zarur.

Talablar:

Dasturda qatnashmoqchi bo’lgan nomzodlar quyidagi talablarga mos bo’lishlari zarur:

  1. Nomzod 4YOU2 dasturining hayriya maqsadidagi harakatlarini tushunishi va ularga hissa qo’shishni xohlashi kerak.
  2. Nomzod kamida kolej yoki litsey diplomiga ega bo’lishi kerak.
  3. Nomzod Braziliya fuqarosi bo’lishi mumkin emas.
  4. Nomzod ingliz tilini a’lo darajada bilishi zarur. Uning ham yozma, ham og’zaki nutqi ravon bo’lishi va ingliz tilini qiyinchilikiz tushunishi lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga qabul onlayn ariza orqali amalga oshiriladi. Onlayn ariza topshirish sahifasiga kirgach, faqat ism va elektron pochta manzili kiritilgandan keyingina arizaning keyingi qismlariga o’tish mumkin.

Ma’lumot uchun:  guilherme.augusto@4y2,  orgcristina.diniz@4y2.org.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!