Britaniya elchixonasi 2018-2019-yil uchun mo‘ljallangan Chevening dasturi bo‘yicha konsalting tadbirini o‘tkazadi

0
1 933 marta o'qildi

O‘zbekistondagi Britaniya elchixonasi va Britaniya Kengashi Chevening dasturi bo‘yicha 2018-2019-o‘quv yilida Buyuk Britaniyada  ta’lim olishni xohlovchilar uchun dastur yuzasidan tushuntirish berish tadbirini o‘tkazadi.

Ushbu tadbirda ishtirokchilar Chevening dasturi haqida to‘laroq ma’lumot olishlari, o‘zlari qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishlari hamda savollariga javob olishlari mumkin.

Tadbir o‘tkaziladigan joy: Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi.

Tadbir vaqti: 17-avgust, 15:00.

Tadbirda qatnashish istagi bo‘lganlar oldindan ro‘yxatdan o‘tishi lozim. +99871-239-44-40 raqamiga qo‘ng‘iroq qilish orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin.

Grantlar telegram kanaliga qo‘shiling va grantlar hamda ta’limga oid yangiliklardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!