Britaniya Kengashining Toshkentdagi ofisida amaliyot o’tash imkoniyati

21
98 marta o'qildi
Eslatma: Ushbu dasturga topshirish muhlati o'tgan. Undan faqat ma'lumot olish maqsadida foydalanishingiz mumkin.

Qayerda: Toshkent

Ariza topshirish muhlati: 2015-yil 3-iyun

Kim uchun: Talaba va yosh professionallar

Amaliyot davomiyligi: 2015-yil 1-iyuldan 2016-yil 31-mart

Umumiy ma’lumot:

Britaniya Kengashining Toshkentdagi ofisi 2015-yili uchun 5 ta amaliyot o’rnini ochiq deb e’lon qiladi.

Dasturning maqsadi talaba va yosh professionallarga shaxsiy va professional rivojlanishi uchun ko’maklashish. Xalqaro tashkilotda orttirilgan tajriba yaxshi professional kar’yeraga sababchi bo’lishiga ishongan holda, Britaniya Kengashi muvaffaqqiyatli nomzodlarni 9 oy davomida tajriba orttirish imkoniyatini taklif qiladi. Dastur 2015-yilning 1-iyulida boshlanib, 2016-yilning 31-martiga qadar davom etadi.

Kim uchun:

Dastur talaba va yosh professionallar uchun mo’ljallangan bo’lib, quyidagilar talab qilinadi:

  • O’zbek, rus va ingliz tilida mukammal so’zlasha olish;
  • Odamlar bilan yaxshi muomala qilish qobiliyati;
  • Guruh bo’lib ishlashga o’rgangan;
  • Motivatsiyaga ega;
  • Yaxshi AT bilim va mahoratlariga ega;
  • Ijtimoiy tarmoq kanallari bilan ishlashda yaxshi tajribaga ega.

Nomzodlar Britaniya Kengashi ofisida haftasiga 8 soatgacha ishlay olishlari lozim.

Ish haqi: Ish haqi to’lanmaydi.

Ariza to’ldirish tartibi:

Ariza shaklini SHU YERDA yuklab olish mumkin. Ariza shaklining to’ldirilgan nusxasi hamda arizachiga berilgan tavsiyanoma  bc-tashkent@britishcouncil.uz manziliga yuborilishi lozim.

Qo’shimcha ma’lumot uchun +99871 2050660 raqamiga bog’lanish mumkin.

To’liq ma’lumot uchun manba: SHU YERDA 

21 Izohlar

  1. bakalavr darajasidagilar ham qatnasha oladimi bu dasturda? Ingliz tilidan ielts bölishi shart emasmi? Mazkur 9 oydan söng özini universitetlariga qaytib davom ettirishadimi? Yoki qolib ketgan bir kursni qaytadan öqishga tögri keladimi?

  2. Sarvinoz,

    Bu dasturda bakalavr talabalari qatnasha oladi. U o’qishdan so’ng bo’sh paytlarida amaliyot o’tash imkoniyatiga ega talabalar uchun mo’ljallangan dastur. Ya’ni, agar siz Toshkent shahridan tashqarida o’qisangiz, sizga to’g’ri kelmaydi.

  3. Assalomu alaykum, oilali, farzandlilar ham qatnashishi mumkinmi? Imtixon qanday tartibda o’tkaziladi? Javob uchun oldindan raxmat.

  4. Saodat,

    Oilali va farzandlilarga cheklov qo’yilmagan. Anketani to’ldirishdan boshqa imtihoni yo’q. Suhbatga chaqirishlari mumkin.

  5. Diana,

    Faqat talabalar qatnasha oladi va Toshkent shahrida bo’lishingiz kerak.

  6. Jasur,

    Bu haqda ularning o’zlariga bog’lanib so’rab ko’rishingizni maslahat beramiz.

  7. Tanqidiy fikr: Ozbekiston elchihonasida malaka oshirish deyilganu nimaga endi RUS tilini mukammal bilish kerak? nimaga ozbek tilini emas , bu tilimizni kamsitish emasmi? Vaholanki barcha elchihonalarda rus tilini bilish shartligi korsatiladi…ozga yurt vakillari oldida ona tilimizni yuqori qoyishga maslahat berardim janob elchilar! faqat toshkentlik bolishi shart! bu esa boshqa region talabalarini kamsitish!

  8. Jasur,

    Tepada telefon raqami berilgan. Men so’raydigan savolni tel qilib siz ham so’rashingiz mumkin.

  9. Har doim shu narsaga jahlim chiqadi, Toshkent da yashaydigan Nima boshqa viloyatlarni odamlari odammasmi ?

  10. Dilorom va boshqalar,

    Bu dasturda o’qishni yaqinda bitirgan yosh professionallar ham qatnashishi mumkin. Lekin Toshkent shahridan tashqarida yashasangiz, ish haqi to’lanmaydigan va haftasiga faqat sakkiz soat bo’ladigan amaliyot Toshkentga kelishingiz uchun arzimaydi. Umuman olganda, Toshkent shahridan tashqarida yashaydiganlar topshirishiga to’siq yo’q. Lekin viloyatlardagi o’qishda o’qiyotgan bo’lsangiz, aniq topshira olmaysiz. Chunki bu amaliyotda o’qishdan bo’sh paytingiz, Toshkentdagi idorasiga kelib ishlashingiz kerak bo’ladi.

  11. «arizachiga berilgan tavsiyanoma» qaysi tilda va kim tomonidan berilishi kerak?

  12. Saodat,

    Tavsiyanomani universitetdagi o’qituvchingizdan olishingiz kerak. U, tushunishimiz bo’yicha, ingliz tilida bo’lishi kerak. Yuqoridagi telefon raqamiga bog’lanib, bu haqda aniq ma’lumot olishingiz ham mumkin.

  13. Davron,

    Bu savolingizni Britaniya kengashining o’ziga bog’lanib so’rashingizni tavsiya qilamiz.

  14. Salom Mentor,
    Bu dastur kelasi yili ham boladimi. 2016-yilda qatnashmoqchi edim.

  15. Anonymous,

    Kelasi yili bo’lishi haqida xabarimiz yo’q. Agar bo’lsa, saytimizga qo’yamiz. Bizni kuzatib boring.