Britaniyada 2 hafta bepul til kursida o’qish uchun imkoniyat

109
228 marta o'qildi
Eslatma: Ushbu dasturga topshirish muhlati o'tgan. Undan faqat ma'lumot olish maqsadida foydalanishingiz mumkin.

Qayerda: Buyuk Britaniya

Ariza topshirish muhlati: 2015-yil 30-mart

Kim uchun: 18-yoshdan oshganlar

Grant miqdori: To’liq qoplanadi

Umumiy ma’lumot:

Britaniya Kengashi (British Council) «English4Employability» deb nomlangan tanlovda ishtirok etishga taklif qiladi. Mazkur tanlovda g’olib chiqqanlar 2 hafta Britaniyada bepul til kursida o’qish uchun yo’llanmani qo’lga kiritadi.

Kim uchun:

Tanlovda bir qator davlatlar, jumladan, O’zbekiston fuqarolari ham ishtirok eta oladi. Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar 18 yoshdan oshgan bo’lish lozim.

Grant miqdori:

Tanlov g’oliblari 2 hafta Britaniyada ingliz tili kursida qatnashish uchun yo’llanmani qo’lga kiritadi. Mazkur safar bilan bog’liq barcha xarajatlar, jumladan, ingliz tili kursi to’lovlari, Britaniyaga borish va kelish xarajatlari, turar-joy xarajatlari hamda viza olish xarajatlari qoplanadi. G’oliblar Britaniya ichidagi safarlari hamda 2 hafta davomida yashashi uchun mayda xarajatlarga o’zlari javobgar bo’ladi.

Ariza toldirish tartibi:

Tanlovda ishtirok etish uchun «LearnEnglish» vebsaytida (SHU YERDA) ro’yxatdan o’tish lozim. Ariza to’ldirishdan oldin tanlov shartlari bilan SHU YERDA tanishib chiqishingiz maslahat beriladi. So’ngra “Ingliz tili ishda (mehnat faoliyatida) nima uchun kerak?” degan mavzuda ingliz tilida qisqa insho yozishingiz kerak. Mazkur javobingiz:

  • 80 -100 so’z oralig’ida bo’lishi;
  • Ilhomlantiruvchi va ijodiy yondashilgan bo’lishi;
  • Mehnat faoliyati hamda ingliz tili o’rtasida bog’liqlikni yoritishi lozim.

Ushbu insho tanlov e’lon qilingan sahifa (SHU YERDA) ostiga yangi izoh qoldirish (Add new comment) orqali qoldiriladi.

Tanlov g’oliblari 2015-yil 13-17-aprel kunlari SHU YERDA hamda g’oliblarga shaxsan bog’langan holda  e’lon qilinadi. Natijalar e’lon qilingandan so’ng 2 hafta ichida g’oliblardan javob bo’lmasa, Britaniya Kengashi g’oliblikni boshqa nomzodga berishga haqli. Shuning uchun to’g’ri va ishonchli aloqa ma’lumotlarini kiritish maslahat beriladi.

To’liq ma’lumot uchun manba: SHU YERDA

109 Izohlar

  1. Мен инглиз тилини урганишга жуда хам кизикаман. Чет элдаги курсларга катнашиш орзуим

  2. (Continuation of the essay)
    In my opinion, there should be organised language cources for peolpe whose job serously demand knowing the english language. At the same point qualified english teachers and native english speakers should be involved in this project.

  3. Ingliz tilini ilmiy darajada bilish va ilmiy darajada ishlata olishchun o’rganishni davom ettirishni xohlayman.

  4. Afzalbek,

    G’oliblar aprel oyining o’rtalarida e’lon qilinadi va shundan so’ng kursning qachon bo’lishi haqida ma’lumot beriladi. Yozgi ta’til davrida bo’lishi ehtimoli yuqori.

  5. Muhammadumar,

    Avvalo, ro’yxatdan o’tishingiz kerak. Keyin tanlov e’lon qilingan sahifa ostiga yozgan inshoingizni izoh sifatida (Add new comment) yozib qoldirasiz. U yerda allaqachon boshqalar tomonidan yozilgan izohlarni ko’rishingiz mumkin.

  6. Feruza,

    Yuqorida berilgan manzilga kirib, ro’yxatdan o’tasiz va inshoni ham o’sha yerdan kiritasiz.

  7. One,

    Manbaga kirsangiz, qaysi davlatlar ishtirok etayotgani yozilgan. Bular: Albania, Armenia, Azerbaijan, Bosnia and Herzegovina, Georgia, Israel, Kazakhstan, Kosovo, Macedonia, Montenegro, Russia, Serbia, Turkey, Ukraine and Uzbekistan

  8. Assalomu alaykum! Hurmatli Admin, man siz aytgan yuqoridagi link orqali o’z accountimni yaratdim. Lekin u yerda hech qanday insho yozish uchun joy yo’q. Iltimos, shu haqda aniqroq ma’lumot bersangiz! Oldindan raxmat!!!

  9. Iroda,

    Ro’yxatdan o’tganingizdan keyin tanlov e’lon qilingan sahifa ostiga yozgan inshoingizni izoh sifatida (Add new comment) yozib qoldirasiz. U yerda allaqachon boshqalar tomonidan yozilgan izohlarni ko’rishingiz mumkin.

  10. Salom. Mani yoshim 33 da. Bu hech qanaqa to’siq bo’la olmaydimi, qatnashsam bo’ladimi?

  11. judayam yaxshi sayt manmca,yetarlica malumotlar va imkoniyatlar olish mumkin…

  12. assalomu aleykum, ingliz tili o’qituvchisi bu tanlovga ishtirok etishi mumkinmi?

  13. Madina,

    Bu haqda biror taqiq qo’yilmagan, ammo bu dastur ingliz tilini o’rganayotganlar uchun mo’ljallangan.

  14. Assalomu alaykum man sizdan savol so’ramoqchi edim mani yoshim 17da 4 oydan keyin 18ga to’laman .manam bu tanlovda qatnashishni hohliman qatnashiahimni iloji bormi qatnashsam bo’ladimi? Bu tanlov yana qachon o’tkaziladi? Javobingiz uchun oldindan rahmat

  15. Madina,

    Qatnashish uchun kamida 18 yosh bo’lishingiz kerak. Keyingi yili ham e’lon qilinishi mumkin. Kuzatib boring.

  16. hi everybody! I liked this very much. Now I’m studying for my first year at the University. I wonder is all things free?

  17. Saodat,

    Angliyaga borish-kelish va yashash xarajatlari to’liq qoplanadi, ammo u yoqda o’zingiz ishlatadigan mayda xarajatlar o’z hisobingizdan bo’ladi.

  18. Men chet elda o’qimoqchiman lekin yaxshiroq universitet topa olganim yo’q mentor qaysi saytni maslahat berasiz?

  19. Bu grantda qatnashish uchun ham ingliz tilini ancha-muncha bilish kerak ekanda? Ingliz tilini yuqoriroq darajada urgatish uchunda bu dastur fikrimcha? Masalan men xozirda ingliz tilini o’rganayabman menda ketish imkoniyati bormi ?

  20. Shaxboz,

    Bu dastur ingliz tilini biladiganlar uchun emas, balki o’rganayotganlar uchun. Albatta, sizda ham imkoniyat bor va topshiring.

  21. Husanboy,

    Saytimizda turli universitetlar uchun turli grantlar qo’yib boriladi. Sayt bo’limlari bilan tanishib chiqing.

    Agar individual yordamga ehtiyoj sezsangiz, avvalo, http://www.grantlar.uz/xizmatlar sahifasidagi ma’lumotlar bilan tanishib chiqib, so’ng bizga murojaat qiling.

  22. Salom biz sayitga kirishga qiynalyapmiz qanaqadir parollar so’rayapti! parol tersak change qiling deyapti iltimos maslahat bering

  23. Sirojiddin,

    Britaniya kengashi saytida ro’yxatdan o’tishda qiyinchilik bo’lyaptimi? Biz saytda ro’yxatdan o’tib ko’rdik, bizda muammo bo’lmadi. Agar muammo davom etsa, bu haqda British Councilga murojaat qilishingizni tavsiya qilamiz.

  24. 16 davlatdan 50 kishidan topshirgan taqdirda ham 800 ta odam topshirgan böladi, shundan 7 kishi ni olarkan, Özbekistondan olmasligi ham mumkin, judayam kotta tanlov, lotereyadan ham ötib tusharkanu, albaxlar 🙂 ingliz tilini örganishga extiyoj katta ekan, buni qandaydir echimini topishimiz kerak, Özbekistonda turli sohalarda ishöayotganlar uchun chet elda 3 oylik tekin ingliz tili kursi bor, bunga chet elda turib topshira olmaydi. Özbekistonda ishlayotgan bölishi kerak, Davlat korxona va idolarida ishlayotganlarda imkoniyat köproq. Sizga 3 oylik kurs yotoqxona va 400 500 usd stipendiya beriladi. Qöshimcha malumotlar pulli.

  25. Hi! Ny name is Barno I work at academic luceum as an English teacher. I try to tech my students as perfectly as I can but I for 2 years I haven’t tought students at home and lacking some experience and methodology. We are living in the centry of hi tech and the time and the world is changing rapidly . If you are asleep one day you will be far away the moment you are in. It was the same with me I need a rapid change and improvement. I am very intersted in travelling and want to show our uzbek nation and our traditions to the world. If I win this grant I promise to be very active during the lessons in Britain and I will prepare a presentation to show our national dance clothes and traditons. Thank you.

  26. Barnohon,

    Ajoyib insho uchun rahmat. Ammo bu inshoni bizning saytga emas, balki yuqorida manzili berilgan «Biritish Council» saytidagi shu dastur e’lon qilingan maqola ostiga qoldirishingiz kerak.

  27. Salom uzr men ham sizni ovora qilishim kerak ekan meni inshoyim yuzta sozdan ortib ketyapti bu holatda meni inshoyim oqilmaydimi ya ni e tiborsiz qoldirioadimi oldindan tashakkur!

  28. Gulhumor,

    100 ta so’zdan oshib ketayotgan bo’lsa, uni qisqartirish kerak. Shartda yozilganidek, 100 ta so’zdan oshmasligi kerak. Shu cheklovga rioya qiling.

  29. hammaga salom!!!!! hamma yutishni hohlaydi chunki bu juda ajoyib imkoniyat. agar realist bo’lsak imoniyat nechdan nechi nisbatga to’g’ri keladi? yana bir savol inshoni qaysi jihatlariga qarab baholaysizlar? javob uchun hammaga rahmat

  30. katta rahmat yana bir savolim bor edi. Ro’yxatdan o’tishda password ni qabul qilmayapti nima qilishim kerak?

  31. Hurmatli mentor! Add new comment degan joy yog’uu! Comment qoldirish uchun nima qilish kere??

  32. Vazira,

    British Council saytidan ro’yxatdan o’tsangiz, o’sha e’lon qilingan yangilik tagida mulohaza qo’shadigan joy ko’rinadi. Ungacha «login» yoki «register» degan yozuv ko’rinadi.

  33. Muhabbat,

    Ro’yxatdan o’tganingizda email manzilingizga xat borishi kerak. O’sha orqali registratsiyani tasdiqlashingiz kerak.

    Parol tanlashda maxsus belgilaridan ham foydalanishni talab qilishi mumkin. Shunisiga ham diqqat qarating.

  34. Hurmatli mentor! men savolimga javob ololmadim qaysi inshoni saytga junatamiz?

  35. Salom essayni jonatgandan keyin unpublished sozini paydo bolishi tabiiy holatmi?

  36. Gulhumor,

    Ha, sayt adminlari inshoingizni avval ko’rib, keyin chop (publish) qilishadi.

  37. Hurshid,

    Hammasi aniq qilib yozilgan. «British Council» saytiga kirasiz, ro’yxatdan o’tasiz. Keyin shu til kursi haqida o’sha saytga qo’yilgan e’lon (yuqorida havola berilgan) tagiga izoh (comment) qoldirasiz. Bor-yo’g’i shu.

  38. Bahor,

    Izoh sifatida kiritgan bo’lsangiz, maqola tagida ko’rinishi kerak. Sayt admini avval ko’rib tasdiqlashi uchun 1-2 kun vaqt ketishi mumkin.

  39. Dear Admin, sorry for bothering You again. But I have to ask you this : I’ve already written my essay there but if I write again another quite different essay will it be accepted too or both of my essays will be ignored automatically? Thank You great beforehand! Your rely is too important for me!

  40. Iroda,

    Why would you want to write another essay if you already submitted one? As per essay rules, one individual can write and submit only one essay. Even though not mentioned explicitly, if you submit more than one essay under the same account, it is very likely that all your essays will be barred from participating in the contest.

  41. Thank You too much, Dear Admin! Yes , I would not be writing another essay , but you know what?! The problem is in my 1st essay more than 100 words were used , then I shortened it and again I submitted that essay. Now I think I had better to write with another account , right?

  42. Iroda,
    Do you mean your first essay, which you already submitted, was more than 100 words and then you submitted another shorter version again?
    I do not know what is the right answer for this situation. The best way would be to contact the British Council representatives via their website, but since only couple of days left until deadline, I do not think you can get their reply back within these two days.
    Yes, I think the other option would be to open a new account with a new email. I hope it works well for you.

  43. Good evening, Dear Admin! Again please, sorry me for annoying you! As I told you before I created my new account for another essay to submit. And it was like a poem. But it was not placed on the lines as I wanted , i mean it looks like a simple text. But rhythmic. And now what to do with that?!

  44. Please, read my essay and give Your opinions whether it seems like a poem or just a text. Thank You great! There I think mine is the last one among comments.

  45. Dear admin. I participated in this essay competition. I have registered then clicked to » add new comments» and wrote my report at 18:39 29 march. But it was not published here. There is a note that my comment is awaiting moderation. How long it will take?

  46. Bu grantni ingliz tilini endi o’rganuvchilar uchun deyishganli. Lekin bu yerda mutaxasislar ham o’z insholari bilan qatnashishyapti. Inshodan keyin yana qanday sinov boshqichlari bor. Iltimos shu haqida ham malumot bersangiz. Xa yana bir savol inshoni o’z kasbimiz bilan bog’lashimiz kerakmi? Yoki umumiy ishda ingliz tilini ahamiyati haqida yozishimiz kerakmi?

  47. yangi comment qo’shilgandan keyin necha soatdan keyin published bo’ladi.

  48. Salom admin! Men add new comment degan joyiga izohimni qoldirdim. Kecha unpublished edi. Qancha vaqtda mening inshoyim u yerda pulbished boladi? Va men inshoyim joylashgan joyni qanday korsam boladi.

  49. Insholarini «comment» qilib qo’shganlar diqqatiga. Qancha vaqt o’tgandan keyin insholaringiz saytda ko’rinish berishini biz bilmaymiz. Muhimi, insho topshirish muhlatidan oldin yuborgan bo’lsangiz, bo’ldi. Xavotirga o’rin yo’q.

  50. Dilshoda,

    Bu yerda insho yozishdan boshqa sinov bo’lmaydi. Inshoni shaxshiy ishingiz haqida ham, yoki, umuman, ishdagi ahamiyati haqida ham yozishingiz mumkin.

  51. Iroda,

    Don’t worry about your text being all in straight lines. I think this won’t be an issue. I can’t give you my opinion about your essay because I did not read it. It would be difficult for me to find it from among all other essays published on the British Council website.

  52. Hello! I’m keen on english, as it is the most communicating language for many governments around the world, being prominent in business, education, world news, and communication as well. Being successful in International business requires English language. In various parts of the world such as Asia, Africa, and South America, the ability to learn English will determine who will increase their living standards, and who will remain in poverty. My speciality is economy and I want to be an international economist. To achieve that I have to be master of the english language. Theoretically, I have been learning English for ages, the only thing I lack is practicing it in english environment!
    So I hope choosing me would be very beneficial for me and you. I may not find another opportunity like this never again.☺

  53. Salom. Mana shu inshoyimni bugun tungi 2 da add qilgandim. Haligacha unpublished turibdi. Rostdan ham shuncha vaqt kutish kerakmi published bo’lishini

  54. Insholari published bo’lganlar, sizning inshongiz necha soatdan keyin published bo’lgandi?

  55. Inshoyimni qayerdaligini ham topolmayapman. Ehtimol hali qabul qilinmagandir.

  56. Ҳурматли ватандошлар! Кимки Лондон вақти билан 17 00 дан кейин иншосини жойлаштирган бўлса, ҳисобга ўтмайди. Жойлаштирилди дегани бу қабул қилинди дегани эмас. Ундан кейин, бу жудаям котта конкурс, 470 бет бўлибди, ҳар бир бетда 10 тадан иншо бор, 470х10=4700 та иншо дегани. Бу конкурсда 16 та давлат қатнашмоқда, ва шу 4700 та иншодан фақат 7 тагина қабул қилинади. Бу дегани 1 та ўринга 672 та талабгор чиқмоқда. Сиз ва бизларга омад, бу лотореяга ўхшаган бўлади чоғи. Ўзбекистондан кимки ғолиб бўлса шу ерда хурсандчилигини изҳор этса, бирга хурсанд бўлар эдик. Манимча, 4700 та иншони ҳаммасини ўқиб ўтирмайди. Шахсан ман ўқиб ўтирмасдим, булар тем более ўқимайди. Қизлардан кўпроқ олса кк 🙂

  57. Хафа бўлмангларку, админ шу конкурсни ўзбекчага ўгириб, кўрга ҳасса қилиб бериб қўйибди. Озгина бўлса ҳам диққат билан ўқиб чиқсангизлар, админ ёрдамига муҳтож бўлмайсизлар. Баъзилар саволимга жавоб ололмадим админ деб ёзишибди. Админ ҳам ишли одам, бу сайтни кўнгилли равишда ўз ҳисобидан очган бўлиб, ундан ҳеч қандай молиявий фойда олмайди, ҳозирча. Кетказган вақти учун ҳам тўланмайди. Шунинг учун админни вақтини қадрлашингизни илтимос қилар эдим. Ҳар бир эълонни яхшилаб синчиклаб ўқиб чиқиб, тушунмасангиз кейин савол берсангиз мақсадга мувофиқ бўлғай эрди

  58. men 30.03.2015 soat 20.15da izoh yozgandim, unpublished yozuvi chiqdi, o’sha kuni 22.00 dan kegin izohlarga qo’shishsaham hisobmi?? ya’ni men 22.00gacha qo’shib ulgurgandim demoqchidim..

  59. Doston,

    Belgilangan vaqtgacha yozib ulgurgan bo’lsangiz, qabul qilinadi, hali chop etilmagan bo’lsa ham.

  60. g’oliblar nomi yoziliwi kere bo’lgan joyda autorizatsiay so’rayapti, lekin autorizatsiay qiladigan joyni topib bo’lmayapdi, iltimos qanday bilsa bo’ladi, oldindan rahmat.

  61. Assalomu-alekum! Inshoni mavzusini uncha tushunmadim, iltimos tushuntiring. Insho nima haqida yoziladi, mavzusi nima?