Britaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi: Jon Smit stipendiya dasturiga hujjat qabul qilish boshlandi Britaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi: Jon Smit stipendiya dasturiga hujjat qabul qilish boshlandi
Qayerda: Buyuk Britaniya Kim uchun: 25-35 yoshdagi istalgan soha vakillari uchun (boshqaruv, siyosat, biznes, media va fuqarolik jamiyati sohalariga alohida e’tibor qaratiladi) Hujjat topshirish muddati: 2017-yilning 18-avgustigacha... Britaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi: Jon Smit stipendiya dasturiga hujjat qabul qilish boshlandi

Qayerda: Buyuk Britaniya
Kim uchun: 25-35 yoshdagi istalgan soha vakillari uchun (boshqaruv, siyosat, biznes, media va fuqarolik jamiyati sohalariga alohida e’tibor qaratiladi)
Hujjat topshirish muddati: 2017-yilning 18-avgustigacha

Umumiy ma’lumot:

Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi Markaziy Osiyo davlatlari (O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va Tojikiston) ga mo‘ljallangan Jon Smit stipendiya dasturiga hujjat qabul qilish boshlanganligini e’lon qildi. Ushbu dastur bo‘lajak liderlarga 4 hafta davomida Buyuk Britaniyada olib boriladigan seminarlar va debatlar orqali boshqaruv, ijtimoiy adolat va qonun ustuvorligi sohasida o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirish hamda tajriba almashish imkonini beradi.

Iqtisodiy ta’minoti:

Ushbu dasturda qatnashish imkonini qo‘lga kiritgan nomzodlar quyidagi iqtisodiy ta’minotlar bilan ta’minlanadi:

  • Buyuk Britaniyaga borish va kelish xarajatlari qoplanadi;
  • Viza bilan ta’minlanadi;
  • Buyuk Britaniyada dastur yuzasidan transportda harakatlanish xarajatlari to‘lab beriladi;
  • Dastur davomida yashash joyi bilan ta’minlanadi;
  • Dastur davomida kun kechirish uchun kunlik stipendiya beriladi;
  • Seminarlar,debatlar va boshqa tadbirlar yuzasidan barcha xarajatlar qoplanadi.

Nomzodga qo‘yilgan talablar:

Nomzodlar:

  • Ingliz tilida qiyinchiliksiz so’zlasha va yoza olishi;
  • O‘z sohasida liderlik salohiyati hamda kelajakda jamiyatga ijobiy hissa qo‘sha olishini namoyish qilishi;
  • Boshqaruv, ijtimoiy adolat va qonun ustuvorligi sohalariga bo‘lgan professional qiziqishga ega bo‘lishi va buni ko‘rsata olishi;
  • O‘z yurtiga qaytgach, Buyuk Britaniyada qo‘lga kiritilgan tajribani qo‘llagan holda hamda shaxsiy salohiyatga tayanib o‘z sohasida amalga oshirmoqchi bo‘lgan ijobiy o‘zgarish/harakat haqidagi Harakat dasturinini taqdim etishi;
  • Dasturga qabul qilingan taqdirda Buyuk Britaniyadagi 4 haftalik o‘quv-tajriba almashinuv tadbirlarida ishtirok etishga va qaytgandan so‘ng ushbu dastur yuzasidan olib boriladigan harakatlarda ham ishtirok etishga tayyor bo‘lishi kerak.

Taqdim etiladigan hujjatlar va ularni taqdim qilish jarayoni:

1-bosqich. Hujjat topshirish jarayoni qisqa arizani onlayn to‘ldirish bilan boshlanadi. Ushbu ariza 18-avgustgacha topshirilishi lozm va shu sababli nomzodlarga imkon qadar ertaroq arizani to‘ldirish tavsiya etiladi.

2-bosqich. Birinchi bosqichdan o‘tgan nomzodlar 25-avgustgacha boshqa bir uzunroq bo‘lgan arizani to‘ldirishlari lozim.

3-bosqich. 2-bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar bilan sentabr oyida yuzma-yuz suhbat olib boriladi. Suhbat natijalari sentabr oyining o‘zida e’lon qilinadi va suhbatdan o‘tgan nomzodlar dasturda qatnashish imkonini qo‘lga kiritadi.

Dastur yuzasidan muntazam beriladigan savollar va ularga javoblar bilan SHU YERDA tanishing.

Batafsil SHU YERDA tanishing.

Fikr yo`q.

Birinchi bo'lib fikr bildiring.