×

Buyuk Britaniya: Oksfordda o’qish uchun to’liq grant va yillik stipendiya!


Grant

MUHLAT

31.01.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

5749 marta

Buyuk Britaniyaning Oksford universiteti PhD bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun «David Richards Scholarship» stipnediyali dastur e’lon qiladi. Ushbu dasturning maqsadi – iqtidorli va kontrakt pulini to’lashga qiynaladigan tadqiqotchilarni qo’llab-quvvatlash hisoblanadi.

O’qish sohasi: Ushbu dastur quyidagi yo’nalishlarda o’qishni boshlovchi tadqiqotchilar uchun mo’ljallangan:

  • History.
  • Chemistry.
  • Economics.
  • Climate Research.

Grant kimlar uchun?

PHD BOSQICHIDA O'QISHNI XOHLOVCHILAR UCHUN

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu stipendiyani qo’lga kiritganlar quyidagi iqtisodiy yengilliklar bilan ta’minlanadi:

  • Kontrakt puli to’liq to’lab beriladi.
  • Tadqiqotchi Buyuk Britaniyada hayot kechirish uchun 14 ming 57 funt sterling (taxminan 18 ming 656 AQSh dollari) miqdoridagi yillik stipendiya bilan ta’minlanadi.

Stipendiya berilishi mo’ljallangan tadqiqotchilar soni: Aniq belgilab qo’yilmagan.

Talablar:

Nomzodga qo’yilgan talablar yo’nalishlarga qarab farq qilishi mumkin. Shu sababli nomzod universitet saytiga kirib, kerakli yo’nalishni tanlab, talablar bilan tanishib chiqishi lozim. Shuningdek nomzod ingliz tilini bilish darajasini isbotlovchi hujjat (IELTS) ga ega bo’lishi lozim. IELTS ballariga qo’yilgan talab yo’nalishga qarab farq qiladi – ba’zi yo’nalishlarga umumiy 7 ball va hech bir bo’limdan 6.5 dan past bo’lmagan; ba’zi yo’nalishlarga umumiy 7.5 va  hech bir bo’lim 7 dan past bo’lmagan ball talab qilinadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Dastur uchun alohida to’ldirilishi lozim bo’lgan hujjatlar mavjud emas. Nomzod tanlagan sohasida so’ralgan hujjatlarni taoyyorlab, yuborsa va PhD dasturiga qabul qilinsa, o’z-o’zidan ushbu dasturga nomzod sifatida ko’rib chiqiladi.

Hujjat topshirish muhlati: Hujjat topshirish muhlati tanlangan sohaga qarab farq qiladi. Shu sababli dasturga topshirmoqchi bo’lgan nomzod universitet saytiga kirib, kerakli sohani tanlashi va hujjat topshirish muhlatini bilib olishi lozim. Ko’pchilik dasturlarga hujjat topshirish 2018-yilning yanvar oyi oxirlarigacha davom etadi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!