Buyuk Britaniyada  doktorantura uchun tadqiqot granti Buyuk Britaniyada  doktorantura uchun tadqiqot granti
Eslatma: Ushbu dasturga topshirish muhlati o'tgan. Undan faqat ma'lumot olish maqsadida foydalanishingiz mumkin. Qayerda: Oksford, Buyuk Britaniya Ariza topshirish muhlati: 2015-yil 12-mart Kim uchun:... Buyuk Britaniyada  doktorantura uchun tadqiqot granti
Eslatma: Ushbu dasturga topshirish muhlati o'tgan. Undan faqat ma'lumot olish maqsadida foydalanishingiz mumkin.

Qayerda: Oksford, Buyuk Britaniya

Ariza topshirish muhlati: 2015-yil 12-mart

Kim uchun: Siyosatshunoslik va yaqin sohalarda magistraturani tugatganlar

Grant miqdori: Yillik maosh 32,523 funt sterling

Umumiy ma’lumot:

Oksford Brukes universiteti Ijtimoiy Fanlar kafedrasi Golobal siyosat, iqitisodiyot va Jamiyat Markazi uchun kichik tadqiqotchi lavozimiga nozmodlar qidirilmoqda. Tanlab olingan nomzod 3 yilllik doktoranturada o’qiydi va Kasbiy dengizi mintaqasining rivojlanishi va hamkorligi mavzusida ilmiy tadqiqot olib boradi. Doktorlik darajasi 3 yil ichida yakunlanmasa, undan keyingi xarajatlar uchun tadqiqotchining o’zi javobgar bo’ladi.

Ilmiy tadqiqot mavzusi: O’rta Osiyoda davlat hamda rejimlarning rivojlanish trayektoriyasi: Rasmiy va norasmiy institutlar.

Tadqiqot O’rta Osiyo hamda Kavkaz davlatlarida rasmiy va norasmiy institutlarning rivojlanishi, ularning mintaqada  davlat hamda rejim rivojlanishiga ta’sirini o’rganadi. Tadqiqot O’rta Osiyo va Kavkaz davlatlaridan biri yoki bir nechtasining misolida olib borilishi mumkin.

Kim uchun:

  • Siyosatshunoslik, mintaqaviy o’qish (O’rta Osiyo va Kavkaz) yoki shunga yaqin sohalarda magistraturani tugatganlar;
  • Ijtimoiy fanlarda raqamli va sifatli (quantitative and qualitative) tadqiqot uslublaridan foydalanishni biladiganlar;
  • Ingliz tilini puxta rus tilini esa yaxshi biladiganlar;
  • Tadqiqot uchun kerakli mahalliy tillardan birini biluvchilar (masalan, qozoq, o’zbek yoki ozarbayjon).

Nomzodning ilmiy tadqiqot borasidagi tajribasi 4 yildan oshmasligi kerak. Nomzod oxirgi 3 yil davomida Britaniya Qirolligida yashagan bo’lsa, mazkur muddat 12 oydan oshmasligi kerak.

Grant miqdori:

Ishtirokchiga yillik 32,523 funt sterling miqdorida maosh beriladi hamda tadqiqot bilan bog’liq hamda safar xarajatlari qoplanadi.

Ariza to’ldirish tartibi:

 Ariza onlayn shaklda SHU YERDA to’ldiriladi. Ariza quyidagilardan iborat bo’ladi:

  • To’ldirilgan ariza shakli SHU YERDA;
  • Rezyume
  • Qilinadigan tadqiqot haqida reja-insho (1500 ta so’zdan oshmagan)
  • 2 ta akademik tavsiyanoma.

Ariza to’ldirish uchun qo’shimcha ma’lumotlar bilan SHU YERDA tanishib chiqishingiz mumkin. Barcha to’ldirilgan hujjatlar yuqoridagi havola orqali onlayn topshirilishi lozim.

To’liq ma’lumot uchun manba: SHU YERDA

  • Hadicha

    05/20/2015 #1 Author

    Juda kerakli sayt.Barcha kerakli ma’lumotlarni olish mumkin.