Markaziy Yevropa Universitetida turli sohalarda magistraturada o’qish uchun grant Markaziy Yevropa Universitetida turli sohalarda magistraturada o’qish uchun grant
Eslatma: Ushbu dasturga topshirish muhlati o'tgan. Undan faqat ma'lumot olish maqsadida foydalanishingiz mumkin. Qayerda: Vengriya Ariza topshirish muhlati: 2017-yil 1-fevral Kim uchun:  Bakalavrni tamomlaganlar... Markaziy Yevropa Universitetida turli sohalarda magistraturada o’qish uchun grant
Eslatma: Ushbu dasturga topshirish muhlati o'tgan. Undan faqat ma'lumot olish maqsadida foydalanishingiz mumkin.

Qayerda: Vengriya

Ariza topshirish muhlati: 2017-yil 1-fevral

Kim uchun:  Bakalavrni tamomlaganlar

Grant miqdori: To’liq qoplanadi

Umumiy ma’lumot:

Markaziy Yevropa Universiteti Vengriyaning Budapesht shahrida joylashgan bo’lib, AQSh va Vengriyada akkreditatsiyadan o’tgan. Dastur quyidagi sohalar bo’yicha magistraturaga arizalarni qabul qiladi:

  • Biznes;
  • Miya tadqiqotlari;
  • Iqtisodiyot;
  • Atrof-muhit (ekologiya) va uning siyosati;
  • Gender;
  • Tarix;
  • Xalqaro aloqalar;
  • Huquqshunoslik;
  • Matematika;
  • O’rta asrlar tarixi;
  • Milliylik yoki millatchilik (Nationalism studies);
  • Tizim fanlari (doktorantura) (Network science);
  • Falsafa;
  • Siyosatshunoslik;
  • Davlat boshqaruvi;
  • Jamiyatshunoslik va Ijtimoiy antropologiya.

Kim uchun:

  • Kamida bakalavr diplomiga ega;
  • TOEFL iBTdan kamida 88, IELTS dan kamida 6.5 ballga ega (Universitet mazkur test natijasiga ega bo’lmagan nomzodlar uchun 2016-yil 2-aprelda quyidagi shaharlarda bepul test o’tkazadi. Nomzodlar ro’yxatda berilgan shaharlardan biriga test topshirish uchun borish xarajatlariga o’zlari javobgar bo’ladi. Mazkur bepul testni topshirishni istagan nomzodlar ariza topshirish muhlatiga qadar TOEFL yoki IELTS testini topshirishi shart emas.);

Grant miqdori:

Universitet magistratura uchun ikki turdagi grant dasturini taklif etadi:

A’lo darajadagi magistratura granti

  • O’qish xarajatlari;
  • Tibbiy sug’urta;
  • Turar-joy;
  • Oyiga 96,000 HUF stipendiya

Magistratura granti:

  • O’qish xarajatlari;
  • Tibbiy sug’urta;
  • Turar-joy;
  • Oyiga 50,000 HUF stipendiya.

Dasturga qabul qilingan nomzodlar Budapeshtga safar xarajatlarini o’z hisoblaridan qoplashi lozim.

Ariza to’ldirish tartibi:

Ariza to’ldirish uchun so’nggi muhlat 2017-yil 1-fevral. Quyidagilar ariza tarkibiga kiradi:

  • Ariza shakli SHU YERDA;
  • Tavsiyanomalar;
  • Diplom va baholar;
  • Rezyume;
  • Maxsus dasturga tegishli hujjatlar;
  • Ingliz tilini bilishini tasdiqlovchi test natijalari (IELTS yoki TOEFL test natijasiga ega bo’lmaganlar, universitet tomonidan tashkillashtiriladigan testda ishtirok etish uchun maxsus formani to’ldirishi mumkin);
  • Ariza to’ldirish to’lovi.

Markaziy Yevropa Universitetiga ariza topshirish uchun ariza to’lovini to’lash lozim bo’lib, ariza to’lovi 30 yevrodan iborat. Bir marta to’lov to’lash bilan bir nechta dasturga ariza topshirish mumkin.

To’liq ma’lumot uchun manba: SHU YERDA 

  • Humoyun

    10/31/2016 #1 Author

    kechirasiz londondagi unversititlarda bakalavr uchun grandlar bormi bo’lsa iltimos ma’lumot bering

  • Humoyun

    11/01/2016 #2 Author

    admin menda 6.5 IELTS bali bor lekin litseyni shu yil tugataman angliyadagi unversetitlarda grandlar bormi

  • Humoyun

    11/01/2016 #3 Author

    admin javob yozing iltimos

  • anonimus

    11/01/2016 #4 Author

    Men ayni damda universitetning tortinchi kurs talabasiman.fevralgacha diplom olishning iloji yoq, menda ham ushbu dasturga qatnash imkoniyati mavjudmi, javob uchun oldindan rahmat!

  • Mentor

    11/02/2016 #5 Author

    Humoyun,

    Hozircha faqat saytga qo’yilayotgan grantlar bor. BAgar Angliya universitetlariga grant chiqsa, saytimizga qo’yamiz.

  • Bahtiyor

    11/02/2016 #6 Author

    Assalomu alaykum. menga maslahat kerak. Hozir da pad kurs oqiyapman. master degreeni amerikada qilsam boladimi. ielts 6 bor menda

  • Bahtiyor

    11/02/2016 #7 Author

    6 ballga yoqmi

  • Shaxboz

    11/05/2016 #8 Author

    Salom! Xali diplom olmaganman lekin yozda bakalavrni tugataman. Menxam qatnasha olamanmi grantda?