×

Chevening dasturi: magistratura kursini Buyuk Britaniyada o’qish uchun to’liq grant – barcha xarajatlar qoplanadi!


Grant

MUHLAT

07.11.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

23890 marta

Dunyodagi eng nufuzli grant dasturlaridan biri hisoblangan Chevening dasturi Buyuk Britaniyada bir yillik magistratura bosqichida toʻliq grant asosida o‘qish imkoniyatini taqdim etadi. Dastur kelajakda jamiyatda ijobiy o’zgarishlarga sabab bo’luvchi iqtidorli, shijoatli va yetakchilik sifatlariga ega shaxslar uchun mo‘ljallangan. Grant dasturi uchun saralab olingan talabalar Buyuk Britaniya universitetlarida o‘qib, o‘z sohalari bo‘yicha yetakchiga aylanish uchun bilim va ko‘nikmalar olishadi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr diplomiga va 2 yillik ish stajiga ega bo'lganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Mazkur dastur gʻoliblari quyidagi imtiyozlar bilan taʼminlanadi:

  1. Kontrakt to’lovi to’liq qoplanadi.
  2. Buyuk Britaniyaga borish va O’zbekistonga qaytish uchun aviachipta olib beriladi (ekonom-klass).
  3. Buyuk Britaniyaga yetib kelgach, joylashishga kerakli xarajatlarni qoplash uchun qo’shimcha mablag’ ta’minlanadi.
  4. Viza arizasi xarajatlari qoplab beriladi.
  5. Uyga qaytishda yordam mablagʻi taqdim etiladi.
  6. Agar zarur boʻlsa, silga qarshi trekshiruvdan oʻtish uchun 75 funt-sterlinggacha mablagʻ ajratiladiu.
  7. Oylik stipendiya beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo‘lishi kerak:

  • Nomzod O‘zbekiston fuqarosi bo’lishi va dastur tugagandan so‘ng kamida 2 yilga o‘z davlatiga qaytishi kerak.
  • Nomzod bakalavr diplomiga ega bo‘lishi lozim. Britaniya universitetlari odatda 2:1 honours darajadagi bakalavrlik diplomini talab qiladi (baholarning oʻrtachasi 100 ballik tizimda kamida 70% boʻlishi lozim). Tanlangan universitet yoki yoʻnalishga qarab, bu darajada bir oz farq qilishi mumkin.
  • Nomzod kamida 2 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi kerak. Ish tajribasi ish soatlari bilan oʻlchanadi va 2 yillik ish tajribasi 2800 ish soatiga teng.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi zarur. Ingliz tilini bilish darajasi (IELTS, TOEFL yoki boshqa imtihon natijalari) nomzod tomonidan tanlangan universitet va yoʻnalishga qarab farq qilishi mumkin. Odatda kamida IELTS 6.5 ball talab etiladi.
  • Nomzod muqaddam Buyuk Britaniya hukumati homiylik qilgan grant dasturi orqali Buyuk Britaniyada o‘qimagan bo‘lishi kerak.
  • Buyuk Britaniyadagi universitetlarning magistrlik kurslaridan uchtasiga hujjat topshirishi va ulardan kamida bittasiga 2024-yil 11-iyulga qadar 2024-yilning kuzida o’qishni boshlash uchun shartsiz qabul qilinishi (unconditional offer) kerak.

Talablar bilan bu yerda batafsil tanishishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Ushbu grantni qoʻlga kiritishda nomzodlar Chevening grantiga alohida, 3 tagcha universitetga alohida hujjat topshirishi kerak. Chevening grantiga hujjatlar 2023-yilning 12-sentabridan 7-noyabrigacha qabul qilinadi. Universitetga qabul sanalari esa universitetga qarab farq qiladi, shu sabab nomzodning oʻzi topshirmoqchi boʻlgan universitetlarining saytiga kirib, qabul sanalari, shartlari va boshqa maʼlumotlar bilan tanishib chiqishi va ariza topshirishi lozim. Nomzodlar 2024-yilning 11-iyuliga qadar kamida 1 ta universitetdan oʻqish uchun shartsiz qabul (unconditional offer) olishi lozim.

Chevening grantiga ariza bu yerda topshiriladi. Ariza topshirish sahifasiga kirgach, ro’yxatdan O’zbekistonni izlab topish zarur. “Select award” maydonida esa “Scholarship” bandi tanlanishi kerak. Hujjat topshirish uchun hisob (akkaunt) ochish kerak boʻladi.

Kerakli hujjatlar:

  • CV/resume.
  • Bakalavr/magistrlik diplomi va diplom ilovasi (diplom baholari).
  • Tanlangan 3 ta Buyuk Britaniya universitetlari ro‘yxati. Keyinchalik shu universitetlarning kamida bittasidan shartsiz qabul taklifi taqdim etilishi lozim (2024-yil 11-iyulgacha).
  • Tavsiyanoma beruvchi ikki kishi va ularning kontaktlari. Tavsiyanoma berish uchun sizni yaxshi biladigan va ijobiy fikr bildirishi mumkin shaxslarni tanlang. Tavsiyanomalar haqida batafsil maʼlumotni BU YERDAN topasiz.

Ariza shaklida yuqoridagi hujjatlardan boshqa hujjatlar ham talab qilishi mumkin. Nomzodlar ariza topshirish uchun hisob (akkaunt) ochganida hujjatlarning toʻliq roʻyxati bilan tanishib chiqishi mumkin boʻladi.

Kerakli hujjatlarni topshirish jarayoni bilan shu yerda tanishishingiz mumkin. Hujjat topshirish bosqichidan o‘tgan nomzodlar O‘zbekistondagi Britaniya elchixonasida suhbatga taklif etiladilar. Suhbatlar 2024-yilning 26-fevralidan 26-apreligacha bo‘lib o‘tadi. Suhbatga samarali tayyorgarlik ko’rish uchun bu  yerdagi ma’lumotlar bilan tanishib chiqing. O‘qish 2024-yilning kuzidan boshlanadi.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun: dedlayn muddatlari hamda savol-javoblar sahifasini diqqat bilan o‘qib chiqing.

Chevening dasturi gʻolibi bilan suhbatni SHUY YERDA oʻqing.

Chevening dasturi gʻolibining insholari namunasi bilan SHU YERDA tanishing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!