«Grantlar.uz» uchun maxsus: «Coursera» ommaviy onlayn ta’lim tizimi haqida (Video) «Grantlar.uz» uchun maxsus: «Coursera» ommaviy onlayn ta’lim tizimi haqida (Video)
«Coursera» ta’lim portali haqida saytimizda avval ham ma’lumot bergan edik (SHU YERDA va SHU YERDA). Shundan beri o’quvchilarimiz orasida bu saytga qiziqish ortdi. Uning... «Grantlar.uz» uchun maxsus: «Coursera» ommaviy onlayn ta’lim tizimi haqida (Video)

«Coursera» ta’lim portali haqida saytimizda avval ham ma’lumot bergan edik (SHU YERDA va SHU YERDA). Shundan beri o’quvchilarimiz orasida bu saytga qiziqish ortdi. Uning qanday ishlashi, o’ziga xos jihatlari va afzalliklari haqida ko’plab savollar kelmoqda.

Vatandoshimiz, ayni paytda Germaniyaning Saarland universitetida Ta’lim texnologiyalari sohasida magistratura darajasida tahsil olayotgan Nilufar Oripova «Coursera» ommaviy onlayn  ta’lim tizimi haqida o’zbek tilida ajoyib video yaratdi va uni «Grantlar.uz» saytiga taqdim qildi.

Ta’lim texnologiyalari (Educational Technology) sohasi kamyob va yangi yo’nalishlardan bo’lib, Germaniyada faqat Saarland universitetida o’qitiladi. Nilufarni ushbu universitetga va shu yo’nalishga o’qishga kirgani bilan tabriklab, kelajakdagi o’qish va ishlariga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

«Coursera» portali ham ayni shu sohada inqilob yasayotgan peshqadam saytlardan biri ekanini unutmaylik.

Yurtdoshimiz Nilufarga video uchun minnatdorlik bildiramiz va quyida uni e’tiboringizga havola qilamiz.

Coursera – ochiq ommaviy onlayn ta’lim tizimi haqida video:

  • Jamshid

    07/13/2015 #1 Author

    Qulay va qizirali….!

  • Maruf

    07/14/2015 #2 Author

    Juda zo’r malumot berildi uzb yoshlari uchun. Careerda juda katta yordam bo’ladi. Rahmat kattakon. Shunaqa xabarlarni yana kutib qolamiz admindan )

  • Abduaziz

    07/14/2015 #3 Author

    Hurmatli grantlar.uz jamoasi mani savolim shundan iborat: dastur so’ngida beriladigan sertifikat faqat elektron tarzda beriladimi yoki pochta orqali «printed version»ni jo’natvorish mumkinmi yo studentni o’zi elektron versiyani printerdan chiqarib oluvradimi? Keyin, man saytda sertifikat olish 49$ deb yozilgan joyiga duch keldim. Agar sertifikat pulli bo’sa to’lov qanaqa tartibda amalga oshiriladi va sertifikati studentni qo’liga yetib kelishiga kim kafolat beradi. Javob uchun oldindan rahmat!

  • Mentor

    07/17/2015 #4 Author

    Abduaziz,

    Agar sertifikatni bosmadan chiqarilgan nusxasini olishni istasangiz, o’zingiz aytganingizdek, qo’shimcha haq to’lash kerak bo’ladi. Pochta orqali yuborilgan hujjatlar, odatda, muammosiz yetib keladi. To’lov qabul qilish yo’llari haqida «Coursera»ning o’ziga bog’lanib so’rash kerak.

  • Sarvar_SaDiSe

    07/23/2015 #5 Author

    Avvalambor barcha grantylar.uz jamoasiga salomlar va dunyodagi eng yahshi tilaklar aytib qolaman. Courseraaga o’xshash masofaviy ta’lim beruvchi universitetlar haqida ko’proq ma’lumot bering

  • davron

    07/27/2015 #6 Author

    psixologiya yo’nalishi uchun ham xalqaro grantlar haqida ma’lumot bersangiz

  • Otabek

    07/29/2015 #7 Author

    Fikringiz men obuna bolmoqchiman

  • zulfiya

    08/14/2015 #8 Author

    men coursersga obuna bulmoqchiman. qanday toldirsam buladi

  • Muxammadyusuf

    09/25/2015 #9 Author

    videoni qayerdan yuklasa bo’ladi

  • Feruza

    04/22/2016 #10 Author

    Men ham «Coursera» onlayn kursidan ro’yhatdan o’tmoqchiman. Qanday ro’yhatdan o’tiladi?