Dasturlovchilar uchun AQSh va Yevropada 10 oy ishlash imkoniyati

20
269 marta o'qildi
Eslatma: Ushbu dasturga topshirish muhlati o'tgan. Undan faqat ma'lumot olish maqsadida foydalanishingiz mumkin.

Qayerda: AQSh va Germaniya

Ariza topshirish muhlati: 2015-yil 21-avgust

Kim uchun: Kompyuter dasturlovchilari va dizaynerlar

Grant miqdori:  To’liq qopalandi

Davomiyligi: 10 oy

 Umumiy ma’lumot:

«Nayt-Mozilla» stipendiya dasturi veb-dizayner va dasturlovchilarni, kod terishni yaxshi ko’ruvchilarni  dunyoning mashhur yangilik markazlarida ishlab, amaliyot o’tash imkoniyatiga taklif qiladi. Ishtirokchilar 10 oy mobaydnida Los-Anjelesdagi «Taym Data Desk», Vashingtondagi «NPR», Ostindagi «Voks Mediya», Bostondagi «Frontlayn», Nyu-Yorkdagi «Nyu-York Tayms» va Berlindagi «Korrektivi» nomli mashhur ommaviy axborot vositalaridan birida ishlashadi.

Kim uchun:

  • Ingliz tilini biroz bo’lsada tushunadigan (mukammal bilish tavsiya qilinadi);
  • Web-dizayn, dasturlash va kod terish kabi faoliyat turlarini yoki ulardan birini biladigan va jurnalistik faoliyatga qiziqadigan nomzodlar.
  • Ariza barcha uchun ochiq.

Grant miqdori:

  • 10 oy uchun 60 ming dollar stipendiya;
  • Ko’chish va safar xarajatlari;
  • Tibbiy sug’urta va (agar bo’lsa) farzandlariga bog’cha xarajatlari;
  • Loyihasini amalga oshirish yoki tadqiqoti uchun kerak bo’lgan kitoblar yoki boshqa xarajatlar qoplanadi.

Ariza to’ldirish tartibI:

Ariza onlayn shaklda SHU YERDA to’ldiriladi.  Ariza to’ldirishning so’nggi muhlati 2015-yil 21-avgust.

To’liq ma’lumot uchun manba: SHU YERDA

[info_box title=»» type=»success»]

«Grantlar.Uz» saytidan «EXCLUSIVE» xizmat

Yuqoridagi grant uchun anketa va hujjatlaringizni tayyorlashda

YORDAM OLISHNI XOHLAYSIZMI?

Aloqa:

E-mail: axborot@grantlar.uz

⇒ BATAFSIL MA’LUMOT ⇐

[/info_box]

20 Izohlar

  1. Ravshan aka,

    Yosh chegarasi aytilmagan, lekin odatda, 18 yoshdan yuqorilar nazarda tutiladi.

  2. Bunda odam qabul qilish chegaralanganmi? Oldin biror sayt yaratgan bulishi kireymi? Man onlayn ariza topshirgunimcha shunaqa savol borakan?

  3. Bobur,

    Albatta, qabul qilinadigan odamlar soni chegaralangan bo’ladi. Odiln qilgan ishlaringiz bo’lishi kerak. Ularning manzilini ko’rsatasiz anketada.

  4. Nurali,

    CVda shu paytga o’qigan joylaringiz, ish tajribangiz va boshqa professional yok ta’lim bo’yicha erishgan yutuqlaringiz haqida ma’lumot berasiz.

  5. uzr yana bir savol. Shunga uxshagan web-dizayner va kompyuter dasturlovchilari uchun grantlar yana buladimi? Man web-dizaynerlikni chuqur urganib aqshga ketmoqchiman

  6. Salom! Menda faqat ingliz tili sertifikati bor. Web-dizayn va dasturlashni o’rganmoqchiman. Men ham shu grantda qatnashsam boladimi?

  7. Salohiddin,

    Dasturlash bo’yicha sizga hali hech qanday bilim bo’lmasa, sizga bu dastur to’g’ri kelmaydi.

  8. Salom!
    Meni grafika dizayni b6yicha 5 yillik tajribam bor. 200 ta dan ortiq kitoblar muqovasi dizaynini yaratganman. lekin web dizayn bo’yicha ishlamaganman. menga shu grant to’gri keladimi yo’qmi shuni ayta olasizmi?

  9. Rasul,

    Bu dastur asosan, kompyuterda dasturlash bilan bog’liq yoki axborot bazasi bilan ishlovchilar uchun. Grafika dizayni qanchalik mos kelishi haqida aniq ma’lumot olish uchun dasturning o’ziga bog’lanib ko’rishingizni maslahat beraman.

  10. Bu tanlov faqat dasturchi va dizaynerlar uchun emas, balki jurnalist haker(axborot injenerlari) uchun.. Uni ustiga boshqa ko‘p yozilmagan ma’lumotlar mana bu sahifada yozilgan.

  11. Kechirasiz men web – dizayner, kompyuter dadturlashni juda yaxshi bilaman lekin, biron bir joyda ishlamaganman buni hechqanday salbiy ta’siri yo’qmi.