×

Demokratiya mavzusida yoshlar uchun AQShda qisqa dastur


Grant

MUHLAT

18.05.2016

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

1766 marta

Dastur Demokratiya uchun jahon yoshlar Ijtimoiy Harakati va  Demokratik tadqiqotlar uchun xalqaro forum (DMJ) hamkorligida tashkil etilgan bo’lib, yoshlarda yetakchilik va tashkilotchilik ko’nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan. Dasturda ishtirokchilar demokratiya borasida jahon amaliyotini o’rganish, boshqa davlatlar vakillari bilan fikr almashish bilan birgalikda, oylik o’tkaziladigan onlayn forum-bahslarda ishtirok etadi. Shunindek, ishtirokchilar dastur vebsaytiga blogpostlar yozish va boshqa ko’rinishda hissa qo’shishi nazarda tutilgan. Ishtirokchilar AQSh poytaxti Vashington shahrida turli tadbirlar va forumlarda ishtirok etishi, o’z ishlarini taqdim qilishi kutiladi. Dastur AQShning poytaxti Vashington shahrida bo’lib o’tadi.

Grant kimlar uchun?

30 YOSHDAN OSHMAGANLAR UCHUN

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur u bilan bog’liq barcha xarajatlarni qoplaydi. Jumladan, ishtirokchilar uchun oylik stipendiya va safar xarajatlari qoplanadi.

Talablar:

Dasturga dunyoning istlagan mamlakatdan nomzodlar ariza topshirishi mumkin.

Arizachilar 30 yoshdan oshmagan bo’lishi va ingliz tilini mukammal darajada bilishi lozim. Shuningdek, demokratiya sohasiga qiziqishi, bilimga ega bo’lishi va o’zi biror yetakchilik faoliyatini yuritayotgan bo’lishi lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

Ariza to’ldirish tartibi:

  • To’ldirilgan onlayn ariza shakli SHU YERDA;
  •  Ikkita tavsiyanoma;
  • Rezyume.

Onlayn ariza to’liq to’ldirilmasa qabul qilinmaydi. Onlayn ariza 2016-yil 18-maygacha SHU YERDA to’ldirilishi shart. Qabul qilingan nomzodlarga may oyi oxirigacha xabar beriladi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!