×

Doktorantura tadqiqotchilari va bitiruvchilari uchun AQShda ishlash imkoniyati!


Grant

MUHLAT

01.11.2015

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

1329 marta

AQShning Nyu-Meksiko shtatida joylashgan Santa Fe instituti doktorantura darajasiga ega yoki ana shunday darajani qo’lga kiritish arafasida turgan tadqiqotchilarni Omidyar stipendiyasi orqali AQShga kelib ilmiy ish qilishga taklif etadi. Tanlab olingan nomzodlar Santa Fe institutida uch yilgacha ishlab, ilm-fan va jamiyat uchun eng kerakli bo’lgan sohalarda tadqiqot olib boradilar.

Grant kimlar uchun?

ISTALGAN SOHADA DOKTORANTURA DARAJASIGA EGA BO'LGANLAR YOKI OXIRGI YIL TALABALARI

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Omidyar stipendiyasi orqali tanlab olingan nomzodlar mo’may maosh, sug’urta va boshqa imtiyozlar hamda tadqiqot qilish uchun yaxshi sharoitlar bilan ta’minlanadi.

Talablar:

Istalgan davlatdan quyidagi shartlarga javob beruvchi shaxslar ariza topshirishi mumkin:

  • Istalgan bir sohada doktorlik darajasiga ega yoki 2016-yil sentabrgacha doktorlik darajasini qo’lga kiritadiganlar (O’zbekistonning aspirantura tizimida tahsil olganlar qatnasha oladi);
  • Kuchli hisob-kitob qobiliyatiga ega bo’lganlar;
  • Yaxshi ta’lim ko’rsatkichlariga ega bo’lganlar;
  • Mustaqil va jamoa bilan birga yaxshi ishlay oladiganlar;
  • Turli fanlar aralashgan tadqiqotlarga qiziqadiganlar;
  • An’anaviy qoliplardan chiqib fikr yurita oladiganlar.

Dasturga qabul jarayoni:

Ariza topshirish tartibi:

Nomzodlar 2015-yil 1-noyabrgacha internet orqali SHU YERDA ro’yxatdan o’tib, anketa to’ldirishlari kerak. Anketaga quyidagilar ilova qilinadi.

  • CV (Unga chop etilgan ilmiy maqolalar ro’yxati ham qo’shilishi kerak);
  • Ilmiy qiziqishlari aks etgan insho (Ko’pi bilan ikki bet. Unda nomzod amalga oshirmoqchi bo’lgan tadqiqot mavzusi haqida yozib, nega shu mavzuda ilmiy ish qilmoqchi ekanini tushuntirib berishi kerak);
  • Nega Santa Fe institutiga qiziqayotgani sabablari ifodalangan insho (Ko’pi bilan bir bet. Unda nomzodning ilmiy ishiga institut nima bera olishi va nomzod institut ishiga qanday hissa qo’sha olishi haqida yozish kerak);
  • Nomzodning ilmiy ishidan xabardor uchta tadqiqotchidan tavsiyanoma (Onlayn anketaga tavsiyanoma beruvchilarning elektron pochtasi kiritiladi va institut tavsiyanomani qanday topshirish haqida ularga ko’rsatma yuboradi);
  • Nomzodning ingliz tilida yozilgan biror ilmiy ish yoki maqolasidan nusxa (Buni topshirish ixtiyoriy. Ilmiy ish chop etilgan bo’lishi shart emas).

Nomzodlar ingliz tilini bilishi kerak, ammo TOEFL yoki IELTS testlaridan birini topshirgan bo’lishi shart emas. Birinchi bosqichdan o’tgan nomzodlar 2016-yil yanvar oyida suhbat uchun AQShga chaqiriladi. AQShga kelib-ketish xarajatlari institut tomonidan qoplanadi.

Qo’shimcha savollaringiz bo’lsa, ularni ofellowshipinfo@santafe.edu manziliga yuborishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!