×

Ebbingauz egri chizig’i: Ma’lumotlarni eslab qolish va unitish jarayoni


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

4947 marta

CHOP ETILGAN

09.01.2018

Ruhshunos German Ebbingauz 1885-yilda unutish egri chizig’ini o’ylab topadi. Olim «toza» xotira g’oyasiga juda qiziqqani bois turli tajribalar o’tkazib ko’radi. Masalan, ruhshunos 2 ta undosh va bir unlidan tashkil topgan ma’nosiz bo’g’inlarni yodlashni taklif qiladi.

Tajribalar natijasida ma’lum bo’ladiki, unutish jarayoni avvaliga juda tez sodir bo’ladi: bir soat ichida insonlar olingan ma’lumotlarning 60%gacha qismini unutishadi, 10 soatdan keyin esa yodlangan bo’g’inlarning bor-yo’gi 35%i esda qoladi. Qizig’i shundaki, bir oydan keyin ham xotirada aynan 35% ma’lumot saqlanib qolaveradi.

Ruhshunoslar ma’lumotlarni eslab qolish uchun quyidagi takrorlash usullarini taklif qilishadi:
1. Ikki kunda yodlash 
– Birinchi takrorlash ma’lumotni o’qib tugatgan zahoti amalga oshiriladi.
– Ikkinchi takrorlash birinchi takrorlashdan 20 daqiqa o’tgach.
– Uchinchi takrorlash ikkinchisidan 8 soat o’tgach.
– To’rtinchi takrorlash esa uchinchisidan 24 soat o’tgach.
2. Uzoq muddatga eslab qolish
– Birinchi takrorlash ma’lumotni o’qib tugatgan zahoti amalga oshiriladi.
– Ikkinchi takrorlash birinchi takrorlashdan 20-30 daqiqa o’tgach.
– Uchinchi takrorlash ikkinchisidan 1 kun o’tgach.
– To’rtinchi takrorlash uchinchisidan 2-3 hafta o’tgach.
– Va so’ngi marta takrorlash to’rtinchi takrorlashdan 2-3 oy o’tgach.

Shuningdek, Ebbengauz o’z tajribalariga asoslanib quyidagi xulosaga keldi:
– Asosiy «unutish» yodlash jarayonidan keyinoq yuz beradi.
– Tushunib yodlangan ma’lumot 9 marta tezroq esda qoladi.
– Takrorlash ko’paygani sari yodlab qolish tezligi pasayadi. Ya’ni bir kunda 20 marta takrorlash 15 martaga qaraganda samaraliroq bo’lib qolmaydi.
– Ma’lumotni butunligicha yodlash qismlarga bo’lib yodlashdan ko’ra foydaliroq. Masalan, she’rni kupletlarga bo’lib emas, butunligicha takrorlab yodlash samaraliroq.
– «Ikki uch effekti» – ma’lumotning boshi va oxiri o’rtasiga qaraganda tezroq va uzoqroq muddatga esda qoladi.
– Yodlayotgan kishi olinayotgan ma’lumotni kelajakda kerak bo’lishini bilsa, uni yaxshiroq eslab qoladi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!