×

«EducationUSA» Maslahat markazi insho (Personal Statement) yozish sirlarini o’rgatadi


Blog

BO'LIM

Yangiliklar

O'QILGAN

1966 marta

CHOP ETILGAN

10.07.2015

 

Biror dastur yoki o’qishga ariza topshirayotganda, unga qatnashishdan ko’zlagan maqsadlaringizni ifodalovchi inshoni (Personal Statement) qanday yozish sir-sinoatlarini o’rganishni xohlaysizmi? AQShning O’zbekistondagi elchixonasida joylashgan «EducationUSA» Maslahat markazi sizga shu imkoniyatni taklif qiladi.

Markaz 2015-yil 16-iyul kuni 16: 00da inshoni qanday muvaffaqiyati yozish mavzusida maxsus trening o’tkazmoqda va unga barcha qiziqqanlar taklif etiladi.

Manzil:

EducationUSA Maslahat Markazi

Moyqo’rg’on ko’chasi, 3-uy, 5-blok, Yunusobod

Telefon: 998 71 1402447

Qatnashish tartibi:

  1. Tashkent-Advising@state.gov e-mail manziliga yoki 140-24-47 telefon raqamiga tadbirdan kamida 48 soat oldin bog’lanib, tadbirda qatnashish niyatida ekaningizni ma’lum qiling. Unda ismingiz, familiyangiz va otangizning ismini; pasport nomeringizni; tug’ilgan yil va kuningizni hamda Maslahat markaziga tashrif buyurish kuni va soatingizni ma’lum qiling.
  2. Agar e-mail orqali ro’yxatdan o’tsangiz, bu haqda tasdiq xati olasiz. Agar telefon orqali ro’yxatdan o’tsangiz, sizga ro’yxatdan o’tganingiz haqida darhol xabar qilishadi.
  3. Elchixonaga pasportingiz bilan kelishni unutmang.
  4. Tadbirga u boshlanishidan kamida 30 minut oldin keling.

Ma’lumot uchun manba: SHU YERDA

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!