×

«EducationUSA» maslahat markazi «SAT» testi haqida ma’lumot beradi


Grant

MUHLAT

11.08.2015

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'zbekiston

O'QILGAN

3291 marta

AQShda bakalavr darajasida o’qish uchun talab qilinadigan «SAT» testi haqida batafsil ma’lumot olishni istaysizmi? Uni qanday muvaffaqiyatli topshirish sirlari haqidachi? AQShning Toshkentdagi elchixonasida joylashgan «EducationUSA» maslahat markazi sizni shu savollarga javob topishingiz uchun maxsus uchrashuvga taklif etadi.

2015-yil 13-avgust kuni soat 16:00 da bo’ladigan treningda siz «SAT» testi, unga tayyorlanish jarayoni va uni topshirish yo’l-yo’riqlari haqida umumiy ma’lumot olish bilan birga, o’zingizni qiziqtirgan boshqa savollaringizga ham javob topish imkoniyatiga ega bo’lasiz.

O’quv sessiyasida  qatnashish uchun boshlanish vaqtidan kamida 48 soat oldin ro’yxatdan o’tishingiz kerak. Yig’inni ta’lim bo’yicha mutaxassis Sasha Shmit olib boradi.

Grant kimlar uchun?

Barcha uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Dasturning boshlanishi:

2015-08-13

Dasturga qabul jarayoni:

Ro’yxatdan o’tish uchun (+99871) 140-2447 telefon raqamiga qo’ng’iroq qiling yoki tashkent-advising@state.gov elektron pochtasiga xat yozib, to’liq ismingiz, pasport raqamingiz, tug’ilgan joy va kuningiz haqida ma’lumot bering.

Grant e'lon qilgan tashkilot:

Embassy of the United States of America

Manzil:

EducationUSA Advising Center
Embassy of the United States of America
3 Moyqorghon Street, 5th Block, Yunusobod District
Tashkent, 100093 Uzbekistan
Telephone: (+998 71) 140-2447

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!