×

2017-2018 o’quv yili uchun Xitoy Xalq Respublikasi va YuNESKO hamkorligidagi “Great Wall” stipendiyasi!


Grant

MUHLAT

20.04.2017

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Xitoy

O'QILGAN

2303 marta

YuNESKO bilan hamkorlikda Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati xalqaro talabalar orasida ta’lim almashinuvi va hamdo’stlikni  rivojlantirish maqsadida oliy o’quv yurtida tahsil olayotgan yuqori kurs talabalarini 2017-2018 o’quv yilida Xitoyda ta’lim olishga taklif etadi. Ta’lim dasturi asosan ingliz tilida olib boriladi. Ba’zi hollarda, tanlangan ta’lim sohasining talabiga ko’ra Xitoy tili kurslari ham olib boriladi. Bu stipendiya  Afrika, Osiyo, Lotin Amerikasi, Yevropa va Shimoliy Amerikada rivojlanayotgan mamlakatlar uchun mo’ljallangan.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida o'qimoqchi bo'lganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Bu “Great Wall” stipendiya dasturi yuqori kurs talabalariga  2017-2018 o’quv yilida Xitoy universitetlaridan birida o’qish imkoniyatini beradi. Shu bilan birga turar joy, stipendiya, safar xarajatlari bilan ta’minlaydi.

Talablar:

Kim uchun:

  • Hujjat topshiruvchi 45 yosh yoki undan kichik, oliy o’quv yurtining bakalavr bosqichida kamida 2 yildan beri o’qiyotgan yoki shu bosqichni tamomlagan bo‘lishi kerak.
  • Ingliz tilini bilishi kerak.
  • Jismonan va ma’nan sog’lom bo’lishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjat topshirish tartibi:

  1. Ariza topshiruvchi ushbu stipendiya dasturi uchun e’lon qilingan ilovani to’liq o’qib chiqishi kerak.
  2. Ushbu stipendiya haqida yanada ko’proq ma’lumot olish uchun Xitoy ta’lim grantlari kengashining (CSC) rasmiy saytiga (http://www.campuschina.org/) tashrif buyurishi kerak
  3. Ilovaning ikkinchi qismida ko’rsatib o’tilgan hujjatlarni (ingliz yoki xitoy tilida) tayyorlashi kerak. Hujjat topshirib bo’lgandan so’ng, nomzod o’zi qiziqqan Xitoy universiteti bilan bog’lanishi tavsiya etiladi.
  4. Xalqaro talabalar uchun Xitoy stipendiyalar sistemasining saytidan (campuschina.org/noticeen.html) ro’yxatdan o’tib, barcha hujjatlarni onlayn tarzda ushbu tizimga talab etilgan qonun qoidalarga (http://www.unesco.org/new/fileadmin/MULTIMEDIA/HQ/ERI/PP/pdf/Instruction_of_the_Chinese_Government_Scholarship_Inform.pdf) binoan yuklash kerak.
  5. Nomzod onlayn arizasini chop etishi va barcha zarur hujjatlar nusxalar bilan biriktirilgan holda o’zining mamlakatidagi YuNESKO Milliy komissiyasiga yuborishi kerak.

YuNESKO ning O’zbekistondagi manzili:

Toshkent shahri, Ergashev ko’chasi,  9-uy, 100084
Telefon: + 998 71 120 71 16

Fax: + 998 71 120 71 59

E-mail: tashkent@unesco.org

Stipendiya  haqida batafsil ma’lumot olish uchun USHBU qo’llanmani yuklab oling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!