×

Avstraliyaning Bond universiteti stipendiyasi!


Grant

MUHLAT

30.09.2017

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

1511 marta

Bond universiteti tadqiqotchi talabalarning samarali tadqiqot olib borishi ta’minlash maqsadida doktorlik bosqichida ta’lim olishni istovchilar uchun stipendiya dasturini e’lon qildi.

Grant kimlar uchun?

Doktorlik bosqichida ta’lim olishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu stipendiyani qo‘lga kiritgan tadqiqotchi talabaga ta’lim puli (tution fee) to‘lab beriladi va talaba Avstraliyada hayot kechirishi uchun oylik stipendiya bilan ta’minlanadi. Ushbu moddiy ta’minotning bir yillik umumiy miqdori jami 26 682 Avstraliya dollari (bugungi kurs bo‘yicha 20 191 AQSh dollari) ga teng. (bir yilga).

Dasturga qabul jarayoni:

Ariza topshirish 4 bosqichda amalga oshiriladi;

1-bosqich. Dastlab nomzod Higher Degree Reseach (Yuqori daraja tadqiqoti) olib borish uchun o‘z qiziqishi haqidagi izohini ifodalab berishi lozim (SHU YERDA). Ushbu izoh ijobiy deb topilganidan so‘ng, nomzod o‘z sohasi bo‘yicha Bond universitetida doktorlik bosqichida o‘qish uchun ariza topshirishi mumkin bo‘ladi va ikkinchi bosqichni amalga oshirishga o‘tadi.

2-bosqich. Birinchi bosqichdan o‘tgan nomzod, o‘zi uchun nazoratchi (supervisor) topishi lozim (SHU YERDA).

3-bosqich. Nomzod nazoratchini topib, undan kerakli ma’lumotlarni olganidan so‘ng, bevostida Bond universiteti doktorlik bosqichiga hujjat topshirishi mumkin. Shuni hisobga olish kerakki, nomzod doktorlik darajasida ta’lim olish uchun universitet tomonidan qo‘yilgan talablarga (ingliz tilini bilish darajasi, magistraturada o‘qiganligi va boshqalar) javob berishi kerak. Talablar bilan universitet rasmiy saytida tanishishingiz mumkin.

4-bosqich. nomzod universitetga rasmiy ravishda qabul qilinganidan so‘ng, ushbu stipendiya dasturiga ariza topshirishi mumkin. Stipendiya ikki yo‘nalishda (Bond University Posgraduate Award, Research Training Program) beriladi. Nomzod ulardan birigi ariza topshiradi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!