×

Irlandiyaning Ulster universitetida Ijtimoiy fanlar uchun Xalqaro doktorantura dasturi


Grant

MUHLAT

02.06.2017

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Irlandiya

O'QILGAN

1527 marta

Jordanstoun kampusidagi (talabalar shaxarchasi) Ijtimoiy fanlar uchun Xalqaro doktoranturaga arizalar qabul qilinadi. Ushbu dastur Ulster Universiteti qoshida tashkil etilayotganligi sababli universitetning ichki qonunlariga asosan ushbu doktorantura San’at fanlari, Gumanitar va Ijtimoiy fakultetlar doirasiga asoslanadi.

Grant kimlar uchun?

Doktorantura bosqichida o'qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu dastur  doktorantura kontrakt to‘lovini, yillik 14,553 funt sterling tashkil etuvchi xamda uch yil muddatgacha doktorlik mavzusining taraqqiy etishiga qarab to‘lab boriladigan  stipendiyani o‘z ichga oladi.

Talablar:

  • Tanlov ishtirokchisi oldingi oliy ta’lim muassasalarini namunaviy baholarga bitirgan bo‘lishlari kerak. Ilovalar taqdim etilishi so‘raladi.
  • Tanlov doirasida arizachining malakasi tajribasi, ko‘nikmalari xamda qiziqishlari inobatga olinadi.
  • Tanlab olingan nomzodlar 1 Oktabr kuni ro‘yhatga olinadi va ular sohalarda doktorlik dissertatsiyasi himoyasini qamrab oluvchi to‘la muddatli dasturga jalb etiladilar.

Dasturga qabul jarayoni:

Ijtimoiy fanlar tadqiqot ilmiy instituti ushbu Doktorantura loihasiga mablag‘ ajratgan bo‘lib, Universitetning to‘rt muhim mavzularining rivojiga axamiyatli xissa qo‘shadigan doktorlik ishlariga maqullik bildiriladi.

Ijtimoiy yangilanish/uyg‘onish: Tinchlik, ziddiyatlar va o‘tish davri, ta’lim yutuqlari, ijtimoiy va iqtisodiy boshqaruv, muloqot qilish va boshqarish san’ati, ijtimoiy va davlat siyosati, davlat xokimiyati va inson huquqlari.

Ijtimoiy barqarorlik: shaxarlarni yangilash, energiya va atrof muhit, milliy infrastruktura, oziq ovfat xavfsizligi, raqamli texnologiyalarining istiqboli

Sog‘lom jamiyat: aqliy sog‘liq, keksayish, salomatlik siyosati va innovatsiyalari, Sport-xayot, tarixi, va merosi.

Ijodkorlik va Madaniyat:  ijodiy iqtisodiyot; madaniy xilma xillik; dizain, media va san’at; innovatsion va ijodiy tadbirkorlik;  tillar. Kriminologiya, ta’lim, tilshunoslik, davlat boshqaruvi, xokimiyat va davlat siyosati, ijtimoiy siyosat, yoshlar siyosati soha vakillari ishtirok etishlari mumkin.

Grant e'lon qilgan tashkilot:

Ulster University

Arizalar 2017 yil, 2 iyungacha qabul qilinadi.

Intervyu 2017 yil, iyun oyida o‘tkaziladi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!