O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining “Mehnat huquqi bilimdoni” onlayn tanlovi O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining “Mehnat huquqi bilimdoni” onlayn tanlovi
Qayerda: O’zbekiston Boshlanish sanasi: 2017-yil 12-iyun Kim uchun: O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining barcha o’quvchilari uchun Umumiy ma’lumot: Tanlovda mamlakatimizdagi o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi... O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining “Mehnat huquqi bilimdoni” onlayn tanlovi

Qayerda: O’zbekiston

Boshlanish sanasi: 2017-yil 12-iyun

Kim uchun: O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining barcha o’quvchilari uchun

Umumiy ma’lumot:

Tanlovda mamlakatimizdagi o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining barcha o’quvchilari ishtirok etishi mumkin. Tanlovning saralash bosqichi 12-iyun 9:00 dan – 17-iyun 12:00 gacha davom etadi. Tanlov test sinovi tarzida o’tadi. Saralash va respublika bosqichida o’quvchilarga uchta qiyinlik darajasi bo’yicha o’zbek tilida test savollari beriladi: oson, o’rtacha qiyinlikdagi va qiyin darajalar. Har bir daraja bo’yicha 15 tadan, jami 45 ta test savoli beriladi. Saralash bosqichida har bir hududdan 10 nafardan eng yuqori ball to’plaganlar respublika bosqichiga yo’l oladi. Tanlovning to’liq qoidalari bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

Mukofotlar:

Tanlov g’oliblari quyidagi mukofotlar bilan taqdirlanadi:

  • 1-o’rin: Respublika hududidagi o’quv markazlaridan birida uchta fandan ko’pi bilan bir yillik bepul o’qish uchun sertifikat;
  • 2-o’rin: Respublika hududidagi o’quv markazlaridan birida ikkita fandan ko’pi bilan bir yillik bepul o’qish uchun sertifikat;
  • 3-o’rin: Respublika hududidagi o’quv markazlaridan birida bitta fandan ko’pi bilan bir yillik bepul o’qish uchun sertifikat.

G’oliblarga o’z xohishiga binoan bepul o’qish uchun berilgan sertifikat o’rniga mukofot sifatida Lenovo Core i5 noutbugi (1-o’rin), Samsung Galaxy Tabe plansheti (2-o’rin), Xiaomi RedMi Pro smartfoni (3-o’rin) berilishi mumkin.

Shuningdek, g’oliblar o’z ixtiyori bilan bepul o’qish huquqini boshqa shaxsga o’tkazsihi ham mumkin.

Batafsil SHU YERDA tanishing.

Grantlar telegram kanaliga qo’shiling va grantlar hamda ta’limga oid yangiliklardan birinchi bo’lib, xabardor bo’ling!

No comments so far.

Be first to leave comment below.