×

Respublika konferensiyasi uchun ilmiy maqolalar tanlovi!


Grant

MUHLAT

01.07.2017

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'zbekiston

O'QILGAN

4960 marta

“Kamolot” Yoshlar ijtimoiy harakati, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Toshkent davlat islom universiteti, Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi hamda Matbuot va axborot agentligi bilan hamkorlikda joriy yilning sentabr oyida Andijonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Internet orqali radikallashuv: muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiyaga maqolalar qabul qilishni boshladi.

Konferensiya sho‘balari:

  • Media savodxonlik;
  • Xavsiz onlayn muhit;
  • Yoshlar o‘rtasida internet orqali radikallashuv: muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari.

    Ilmiy maqolalarga qo‘yiladigan talablar:

– Ilmiy maqolalar konferensiya yo‘nalishlariga oid dolzarb mavzularda, ilmiy-tahlillarga suyanib, tugallangan fikrlar asosida, tegishli taklif va tavsiyalar taqdim etilgan holda bo‘lishi kerak.

– Taqdim etilayotgan ilmiy maqolalar soha bo‘yicha yetuk mutaxassislarning kamida bitta taqrizi bilan qabul qilinadi.

– Ilmiy maqolalar matnlari tahrir qilingan holda A4 kattalikdagi qog‘ozga, yuqoridan va pastdan 2sm., chapdan 3sm., o‘ngdan 1,5 sm joy qoldirilib 1 nusxada rasmiylashtiriladi. Maqolaning nomi bosh harflar bilan yoziladi va 1,5 intervaldan so‘ng familiyasi, ismi va otasining ismi yoziladi. 1 intervaldan keyin tashkilot (o‘quv muassasa) va shahar nomi ko‘rsatiladi.

– Maqola matni MS Word dasturida Times New Roman yozuv usulida, 14 kegel kattalikda va 5 sahifadan ortmagan bo‘lishi lozim. Tayyorlangan maqolaning elektron varianti va taqrizning imzosi bilan skaner qilingan holda maqola2017umail.uz elektron manziliga yuboriladi.

Eng yaxshi yozilgan maqolalar saralanib konferensiya to‘plamida nashr etiladi. Har bir sho‘ba bo‘yicha g‘oliblar aniqlanib quyidagicha taqdirlanadi:

1-o‘rin: Planshet.

2-o‘rin: 60 ta kitob to‘plami.

3-o‘rin: 40 ta kitob to‘plami.

Sizni qiziqtirgan savollar va qo‘shimcha ma’lumotlarni (90) 351-93-13; (94) 331-50-00 telefon raqamlari orqali bilib olishingiz mumkin.

Grant kimlar uchun?

Barcha Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim muassasasi talaba-o‘quvchilari.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!