×

Xitoyda o‘qishni istovchilar uchun Anhuy hukumatining stipendiya dasturi!


Grant

MUHLAT

Doimiy

QOLGAN VAQT

Doimiy

HUDUD

Xitoy

O'QILGAN

1854 marta

Anhuy hukumati taqdim etayotgan Davlat stipendiyasi uchun hujjat qabul qilish boshlandi. Bu dastur bakalavr bosqichiga kirmoqchi bo‘lgan yoki Anhuy provinsiyasida bakalavr va aspiranturada o‘qiyotgan talabalarga stipendiya ajratadi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr, magistratura va doktorantura bosqichida o'qimoqchi bo'lganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

  • Bakalavr darajasiga beriladigan stipendiya 20000 yuan / yillik
  • Magistratura darajasiga beriladigan stipendiya 30000 yuan / yillik
  • Doktorontura darajasiga beriladigan stipendiya 50000 yuan / yillik

Talablar:

  • Nomzodlar Xitoy fuqarosi bo‘lmasligi va Xitoyga vizasi bo‘lishi lozim;
  • Nomzodlar to‘liq hujjatlari, HSK sertifikatiga ham ega bo‘lishi kerak;
  • Nomzodlar dasturning bakalavr bosqichida qatnashishlari uchun 28 yoshdan oshmagan, o‘rta maktabni bitirganlik shahodatnomasiga ega bo‘lishi kerak;
  • Nomzodlar dasturning magistratura bosqichida qatnashishlari uchun 40 yoshdan oshmagan, bakalavr darajasiga ega bo‘lishi va soha professorlarining 2 ta yozma tavsiyanomasini taqdim etishi kerak;
  • Nomzodlar dasturning doktorontura bosqichida qatnashishlari uchun 45 yoshdan oshmagan, magistr darajasiga ega bo‘lishi va soha professori yoki dotsentlarining 2 ta yozma tavsiyanomasini taqdim etishi kerak;
  • Nomzodlar Xitoy qonunlariga va qoidalariga, shuningdek maktab kun tartibiga rioya qilishi hamda yaxshigina akademik chiqish qilishi shart.

Topshirish talab etiladigan xujjatlar:

Pasport nusxasi; Notarius tomonidan tasdiqlangan shahodatnoma yoki diplom; O’zlashtirilgan fanlarning baholaridan ko’chirma; Tavsiyanomaning yozma orginal nusxasi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!