Saytimizda siz o’qiydigan yoki ishlaydigan sohaga mos grant dasturi borligiga ko’zingiz tushdimi? Unga hujjat topshirishda professional yordam olishni xohlaysizmi? «Exclusive» xizmati orqali sizga yordam berishga tayyormiz.

Tezkor aloqa:
E-mail: info@grantlar.uz

Bu xizmat qanday ishlaydi?

Saytimizga deyarli har kuni o’qish, malaka oshirish, qisqa muddatli kurslar, konferensiyalar kabi turli soha va yo’nalishlarga oid grantlar haqida e’lonlar qo’yib boriladi. Grant turlari rang-barang bo’lib, ular kollej-litsey o’quvchilaridan tortib, bakalavr, magistratura, dokorantura talabalari va mehnat faoliyati bilan band professionallargacha bo’lgan turli yosh, soha va daraja toifalarini qamrab oladi. Bu degani, kim bo’lishingizdan qat’i nazar, bu yerda siz uchun grant topilishi ehtimoli juda yuqori. Buning uchun saytimizni muntazam kuzatib borishingiz kerak, xolos.

Agar saytda sizga mos grant dasturi borligini aniqlasangiz va unga hujjat topshirishda professional yordamga ehtiyoj sezsangiz, quyida berilgan «Aloqa» formasi orqali bizga murojaat qiling. Shundan so’ng biz o’zimiz sizga bog’lanib, ushbu grant dasturiga topshirish uchun ko’rsatiladigan xizmatlar hamda ular uchun olinadigan xizmat haqi haqida ma’lumot beramiz.

Ko’rastiladigan xizmatlar

Soha va yo’nalishga qarab, grant dasturlarining talablari bir-biridan farqli bo’lsa-da, odatda, aksariyati quyidagi hujjatlarni talab qiladi:

  • Anketa;
  • Rezyume;
  • Insho (Bu dasturda qatnashishdan maqsadlaringiz ifodalangan qisqa yozma ish);
  • Shu paytgacha olgan ta’lim darajalaringizni tasdiqlovchi hujjatlar (guvohnoma, diplom, baholar ilovasi va hkz.).

«Exclusive» xizmati doirasida biz ana shu va boshqa talab qilingan hujjatlarning barchasini dastur talablari darajasida tayyorlab, ularning o’z vaqtida belgilangan tartibda topshirilishini kafolatlaymiz.

Agar bularni o’qib qiziqishlaringiz yanada ortgan bo’lsa, quyida berilgan «Aloqa« formasi orqali bizga bog’laning.


Xizmatdan foydalanish qoidalari

Saytga qo’yilgan istalgan grant dasturida qatnashish uchun, avvalo, ushbu grant talablariga javob berishingiz kerak. Masalan, unda qatnashish uchun ingliz tilini yaxshi bilishingiz shart qilingan bo’lsa, lekin sizning chet tili bo’yicha bilim darajangiz bu talabga javob bermasa, siz grant uchun loyiq emassiz. Biz insho yoki boshqa talab qilingan hujjatlarni siz uchun yozib bermaymiz. Ularni o’zingiz yozishingiz kerak. Biz ularni qanday qilib a’lo darajada va grant yutishga loyiq shaklda yozish bo’yicha maslahat va ko’mak beramiz, xolos. Yozgan ishlaringizni ko’rib, tuzatish va qayta ishlash lozim bo’lgan joylarini qanday yaxshilash bo’yicha sizga qo’shimcha maslahat beramiz va eng yaxshi ko’rinishga kelguncha ular ustida siz bilan birga ishlaysiz. So’nggi nusxani tahrirlashda ko’mak berishimiz mumkin.

Xorijiy tilda yozilishi talab qilinadigan matnlarni grantning minimum talablariga javob beradigan darajada yoza olmaydiganlarga ushbu xizmat taqdim etilmaydi. Ushbu xizmatga murojaat etganlar, qanday turdagi grantga topshirayotganiga qarab, qabul qilinishidan oldin tekshiruv va ko’rikdan o’tkaziladi.

Grant ma’lumotlarining to’g’riligiga grantni e’lon qilgan uchinchi tomon, ya’ni grant beradigan o’quv yurti yoki dastur tashkilotchilari javob beradi. Biz grant dasturining firibgarlik va soxta ma’lumotlardan xoli manbalardan olinishiga kafolat beramiz, xolos.

Hujjatlaringiz topshirilgach, sizga grant berilishiga kafolat bermaymiz. Grant yutuqlarini kimga berish masalasini grantni e’lon qilgan tashkilot yoki o’quv muassasasi hal qiladi va bu jarayonga «Grantlar.uz» sayti aralasha olmaydi. Biz faqat hujjatlaringizning grant talablariga to’liq javob beradigan va grant yutishga loyiq darajada bo’lishiga kafolat beramiz.

Xizmatdan foydalanish istagi bilan bizga murojaat qilgan shaxslardan, grant talablariga mos kelishini aniqlash uchun, avvalo, o’qish va grant bo’yicha xohish-talablari, hozirgacha erishgan ta’lim ko’rsatkichlari va ish tajribalari haqida to’liq ma’lumot olinadi. Bu ma’lumotlardan faqat talabgorga mos grant topish va uning grant shartlariga to’g’ri kelishini tekshirish maqsadidagina foydalaniladi va bu ma’lumotlar boshqa uchinchi bir tomonga berilmaydi. Biz so’ragan ma’lumotlar to’liq berilmasa yoki ular talab qilgan yoki xohlagan o’qish yoki grantga ularning ta’lim va/yoki ish ko’rsatkichlari mos kelmasa, ya’ni bunday grantlar uchun qo’yiladigan minimum talablarga javob bermasa, xizmat ko’rsatilmaydi. Bunday holatda ularga grant yutish uchun imkoniyatlarini yaxshilash ustida ishlashni yoki boshqa xizmatlarimizdan foydalanishni taklif qilishimiz mumkin.

Xizmat haqi talabgorga mos grant topilgandan keyin olinadi. Xizmat haqi miqdori haqida ma’lumot olish uchun bizga bog’laning

 


«Exclusive» xizmatidan foydalanish uchun bizga bog’lanish yo’llari:

E-mail: info@grantlar.uz

Yoki quyidagi forma orqali ham bog’lanishingiz mumkin:

Ismingiz (shart):

E-mail manzilingiz (shart):

Telefon raqamingiz (ixtiyoriy):

Siz topshirmoqchi bo`layotgan grant nomi:

Savol yoki maktubingiz:

Сохранить