EXHT Assambleyasida stajirovka o’tash imkoniyati EXHT Assambleyasida stajirovka o’tash imkoniyati
Qayerda: Daniya Ariza topshirish muhlati: Har yili ikki marta qabul bo’ladi (1-may va 1-oktabr) Kim uchun: Magistratura talabalari Dastur muddati: 6 oy Grant miqdori:... EXHT Assambleyasida stajirovka o’tash imkoniyati

Qayerda: Daniya

Ariza topshirish muhlati: Har yili ikki marta qabul bo’ladi (1-may va 1-oktabr)

Kim uchun: Magistratura talabalari

Dastur muddati: 6 oy

Grant miqdori: Stipendiya, turar-joy xarajatlari qoplanadi

Umumiy ma’lumot:

Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik (YXHT) tashkiloti Parlament yig’inining xalqaro kotibiyati doimiy ravishda 8 yoki 9 ta siyosatshunoslik, huquqshunoslik va xalqaro munosabatlar yo’nalishlarida magistraturada o’qiyotgan talabalarga stajirovka dasturini taklif qiladi. Dasturda qatnashish uchun talaba EXHTga a’zo davlatdagi universitetda o’qiyotgan bo’lishi lozim. Dastur davomida talaba ilmiy izlanish bilan shug’ullanadi. Talabalar Kotibiyatda xalqaro munosabatlar va EXHTning ishlash jarayonini o’rganadi hamda tajriba orttiradi. Dastur 6 oy davom etadi.

Kimlar topshirishi mumkin:

EXHTga a’zo davlatdan bo’lgan hamda a’zo davlatidagi universitetlardan birida magistratura bosqichida o’qiyotgan talabalar qatnashishi mumkin. Tashkilotga a’zo davlatlar ichida O’zbekiston ham bor. A’zo davlatlarning to’liq ro’yxati SHU YERDA.  Talabalar siyosatshunoslik, huquqshunoslik va xalqaro aloqalar yo’nalishlaridan birida o’qiyotgan bo’lishi lozim.

Shuningdek, arizachilar:

  • 21-26 yosh;
  • Ingliz tilini biladigan (ishlash tili ingliz tilida bo’ladi);
  • Kuchli ilmiy izlanish va yozish qobiliyatiga ega (ingliz tilida);
  • Kompyuter bilan ishlash bilimiga ega;
  • 6 oy muqim ishlay olish imkoniyatiga ega bo’lishi kerak.

Ingliz tilida qo’shimcha, rus, fransuz, ispan, italyan va nemis tillarini bilgan talabalarga afzalliklar beriladi.

Grant miqdori:

Dastur talabalarga tekin turar-joy taklif qiladi hamda oyiga 564 yevro stipendiya to’laydi. Ushbu stipendiya Kopengagen shahrida yashash uchun xarajatlarga yetadi. Qolgan xarajatlar talaba tomonidan qoplanishi lozim.

Ariza topshirish tartibi:

Ariza onlayn shaklda topshiriladi. U quyidagi hujjatlardan iborat bo’ladi:

  • To’ldirilgan ariza shakli (SHU YERDA);
  • Stajirovka qilishdan ko’zlangan maqsad ifodalangan qisqa insho;
  • Rezyume;
  • Baholar kitobchasidan nuxsa;
  • Ikkita tavsiyanoma;
  • Fotosurat

Yuqoridagi barcha hujjatlar dana@oscepa.dk manziliga yuborilishi lozim.

To’liq ma’lumot uchun manba: SHU YERDA

«Grantlar.Uz» saytidan «EXCLUSIVE» xizmat

Ushbu grant uchun anketa va hujjatlaringizni tayyorlashda

YORDAM OLISHNI XOHLAYSIZMI?

 

Aloqa:

E-mail: axborot@grantlar.uz

 

⇒ BATAFSIL MA’LUMOT ⇐

  • dawran

    04/16/2015 #1 Author

    Solom Axborot texnologiya yunalishida oqiganlarga yoqmi

  • Жавлон

    07/26/2015 #2 Author

    O’tgan yil bitirganlarga mumkin emasmi?

  • Mentor

    08/03/2015 #3 Author

    Javlon,

    Bu dasturda qatnashish uchun talaba bo’lishingiz kerak.

  • Hadicha

    09/19/2015 #4 Author

    assalomu alaykum!!grantlar.uz sayti ijodkorlari,iltimos savolimga javob beriylar ???fizika matematika fakultetini biirganman.ingliz va rus tillarini o’rta darajada bilaman.qaysi grantlar dasturiga hujjat topshirishni maslahat bersangiz!!!javobingizni kutaman.Oldindan rahmat!!iloji bulsa Tailand malayziya va yevropa mamlakatlaridan Germaniya va Fransiya bo’lsa yaxshi bulardi!!Rahmat