Farg‘ona va Sirdaryo viloyatlariga mo‘ljallangan amaliy hamda innovatsiya loyihalari tanlovi Farg‘ona va Sirdaryo viloyatlariga mo‘ljallangan amaliy hamda innovatsiya loyihalari tanlovi
Qayerda: Toshkent Kim uchun: Barcha soha vakillari Loyihalar topshirish muhlati: 2017-yilning 15-sentabrigacha O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi Farg‘ona hamda Sirdaryo viloyatlariga mo‘ljallangan, bajarilishi 2018-yilda... Farg‘ona va Sirdaryo viloyatlariga mo‘ljallangan amaliy hamda innovatsiya loyihalari tanlovi

Qayerda: Toshkent

Kim uchun: Barcha soha vakillari

Loyihalar topshirish muhlati: 2017-yilning 15-sentabrigacha

O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi Farg‘ona hamda Sirdaryo viloyatlariga mo‘ljallangan, bajarilishi 2018-yilda boshlanishi rejalashtirilgan amaliy-innovatsiya loyihalar tanlovini e’lon qiladi.

Farg‘ona viloyati uchun loyiha mavzulari:

  • Tabiiy tolalar va ipakchilik sohasini takomillashtirish.

Sirdaryo viloyati uchun loyiha mavzulari:

  • Sirdaryo viloyati sharoitida anorchilikni rivojlantirish;
  • Sirdaryo viloyati sharoitida sho‘r tuproq sharoitlariga chidamli o‘simliklarni yetishtirish.

Amaliy tadqiqot loyihalar talablari: SHU YERDA.

Innovatsiya ilmiy-texnika loyihalar talablari: SHU YERDA.

Loyihalar 2017-yilning 15-sentabriga qadar shanba va yakshanba kunlaridan tashqari soat 14:00 dan 18:00 gacha Fan va texnologiyalar agentligida qabul qilinadi.

Sizni qiziqtirgan savollar va qo‘shimcha ma’lumotlarga (0371) 233 6923 telefon raqamlari orqali bilib olishingiz mumkin.

 Nurillo TO‘XTASINOV tayyorladi

Grantlar telegram kanaliga qo‘shiling va grantlar hamda ta’limga oid yangiliklardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Fikr yo`q.

Birinchi bo'lib fikr bildiring.