×

Finlandiya: Oulu universiteti – 240 ta 100 foizlik grant!


Grant

MUHLAT

24.01.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Finlandiya

O'QILGAN

2682 marta

Oulu Universiteti talabalarni iqtisodiy jihatdan qo’llab-quvvatlash maqsadida ushbu dasturni e’lon qiladi. Ushbu dastur magistraturada o’qishni xohlagan va kontrakt to’lovini to’lashga qiynalayotganlar uchun mo’ljallangan.

Grant kimlar uchun?

MAGISTRATURA BOSQICHIDA O’QIMOQCHI BO’LGANLAR UCHUN

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant istalgan sohada magistraturada tehsil olmoqchi bo’lganlar uchun mo’ljallangan. Grant xalqaro talabalarning yashash uchun ketadigan harajatlarini qoplamaydi. Nomzodlar 2 toifada hujjat topshirishlari mumkin: Biznes fakultetida tahsil olmoqchi bo’lgan xalqaro talabalar uchun to’lov-shartnoma pulining 85% miqdorini to’lab beruvchi grant; biznes fakultetidan boshqa barcha fakultetlarda magistratura ta’limini olmoqchi bo’lgan talabalar uchun to’lov-shartnoma pulining 100% miqdoridagi grant.

Talaba ikkinchi yili ham grant olishda davom etmoqchi bo’lsa, birinchi kursni 55 ECTS bilan (baholash tizimi) muvaffaqiyatli tamomlashi kerak. Imtihonlarda yetarlicha ball to’play olmagan talabalar, magistraturaning ikkinchi yilining shartnoma-to’lov pulini o’zlari to’lashiga to’g’ri keladi. Talabaning sog’lig’i tufayli akademik ta’til olgan vaqtlari bundan mustasno.

 

Magistratura yo’nalishlari va ularga to’lanishi mo’ljallangan grantlar soni hamda miqdori:

Magistrlik sohasi

Grant berilishi mumkin bo’lgan talabalar soni (maksimum) Ta’lim puli (tuition fee) ning qoplanadigan miqdori

Architecture

10

100%

Biomedical Engineering

20

100%

Computer Science and Engineering

30

100%

Environmental Engineering

15

100%

Ecology and Population Genetics

15

100%

Mineral Resources and Sustainable Mining

15

100%

Education and Globalisation

20

100%

Learning, Education and Technology

20

100%

Product management

10

100%

Protein Science and Biotechnology

15

100%

Software, Systems and Services Development in Global Environment

40

100%

Wireless Communications Engineering

20

100%

Economics

15

85%

Finance

15

85%

Financial and Management Accounting

15

85%

International Business Management

20

85%

Marketing 15

85%

Qaysi davlat fuqarolari qatnasha oladi:

Istalgan davlat fuqorolari uchun

Dasturga qabul jarayoni:

Qanday qilib hujjat topshiriladi:  Talaba arizasini (Student Application Form) to’ldirmay turib magistratura anketasini to’liq to’ldirib bo’lmaydi. Shu sababli, dastlab talaba arizasi (Student Application Form) to’ldirilib, keyin magistratura sohasi tanlanadi hamda hujjatlar topshiriladi.

Topshiriladigan hujjatlar:

  • Bakalavr darajasini tasdiqlovchi hujjat qaysi tilda yozilgan bo’lsa, o’sha tilda bo’lishi kerak. Shuningdek, agar bu hujjat ingliz, fin yoki shved tilida b’lmasa, uning tarjima nusxasi ham qo’shib topshirilishi lozim.
  • Bakalavr diplomining ilovasidan nusxa (qaysi tilda yozilgan bo’lsa, o’sha tildagi nusxa hamda ingliz, fin yoki shved tiliga tarjima qilingan nusxa).
  • Ingliz tilining bilish darajasi (IELTS, TOEFL. Ushbu hujjat ballariga qo’yilgan talablar magistrlik sohalariga qarab farqlanadi. Shu sababli, universitet rasmiy saytiga kirib, yo’nalishingizni tanlab, ingliz tilidan ballar necha bo’lishi mustaqil ko’rib olishingiz lozim).
  • Pasport kopiy yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa bir hujjat.
  • Rezyume/ CV.
  • Ikkita tavsiyanoma.

Barcha nomzodlar ingliz tilini juda ilg’or darajada bilishi kerak (IELTS yoki TOEFL so’raladi).

Grant e'lon qilgan tashkilot:

University of Oulu

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!