×

Fransiya: Informatsion texnologiyalar bo’yicha grant dasturi!


Grant

MUHLAT

28.02.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Fransiya

O'QILGAN

1842 marta

Fransiyaning Grenobl texnologiyalar instituti (Grenoble Institute of Technology) magistratura va doktorantura bosqichida o’qishni xohlovchi xorijiy talabalar uchun grant dasturini e’lon qildi. Dastur maqsadi – iqtidorli talabalarni iqtisodiy jihatdan qo’llab-quvvatlash.

O’qish sohasi: Magistratura bosqichida o’qish uchun grant ajratiladigan quyidagi soahlar mavjud:

Doktorantura bosqichida o’qish uchun grant ajratiladigan quyidagi yo’nalish mavjud:

Grant kimlar uchun?

Magistratura yoki doktoranturada o'qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu grantni qo’lga kiritganlarga bir semestr uchun 5000 yevro stipendiya beriladi. Ushbu grant dasturining davom etish muddati maksimal 2 semestr. Dastur kontrakt pulini qoplab berishni nazarda tutmaydi.

Talablar:

  • Nomzod 28 yoshdan oshamagan bo’lishi lozim.
  • Magistratura bosqichiga topshirmoqchi bo’lganlar bakalavr diplomiga ega bo’lishi lozim.
  • Doktorantura bosqichiga topshirmoqchi bo’lganlar magistrlik diplomiga ega bo’lishi yoki universitetda kamida 5 yil ta’lim olgan bo’lishi lozim.
  • O’quv tili ingliz tili bo’lganligi sababli, ingliz tilini bilish darajasini isbotlovchi hujjat taqdim etilishi lozim (IELTS – 6.5; TOEFL IBT – 92).
  • Fransuz tilini bilish majburiy emas, lekin bilish tavsiya etiladi.

Topshirish talab etiladigan xujjatlar:

1. Baholar ro'yxati va diplom nusxasi. 2. Tavsiyanoma (kamida 2 ta). 3. Ilmiy proyekt (scientific project). 4Ingliz tilini bilish darajasini isbotlovchi hujjat.

Dasturga qabul jarayoni:

Nomzodlar ushbu grant dasturiga yuqorida keltirilgan universitet yo’nalishlariga hujjatlarni topshirganidan keyingina ariza topshira oladi. Magistrlik yoki doktorantura yo’nalishlari hujjat topshirish uchun SHU YERGA tashrif buyuring.

Grant e'lon qilgan tashkilot:

Grenoble Institute of Technology

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!